Tashqi nazorat. Xujayra siklining nazorat tizimi plazmatik membranadan
yadrodagi aloxida genlarga tarqaladi.
Ba’zi tashqi signallar, masalan gormonlar va o‘sish faktorlari xujayraning xujayra siklini stimullaydi. Ayollar xayz siklida ma’lum davrida progesteron gormoni urug‘langan tuxum xujayralarning bachadon devoriga implantatsiyasini ta’minlovchi bachadon devori xujayralarini ishini stimullaydi. Epidermal o‘sish faktori teri jaroxatlangan joyda xujayra siklini tugatilishi va buzilgan to‘qimani qayta tiklanishini stimullaydi. ko‘rsatilgandek, tashqi signal xabarni maxsus retseptorlarga etkazib beriladi, plazmatik membranada xujayra qabul qilgichlari qabul qili oladi. Oqsillar signalli tranduksiya yo‘llaridan ma’lumot olib, boshqa oqsillarga uzatadi.
Oxirgi signal genlarni aktivlaydi, oqsil maxsulotlari siklni ingibirlaydi yoki stimullaydi. Proto-onkogen deb ataluvchi genlar xujayra siklini stimullaydi, o‘smaning supressor genlari xujayra siklini ingibirlaydi. Bu genlar xaqida rak mavzusidagi 19-bo‘limda muxokama qilingan.
Rasm. mitozning axamiyati
Xujayra sikli o‘z ichiga mitozni oladi, qachon odam o‘sganda va to‘qima tiklanganda mitoz kuzatiladi.
Rasm. xujayra siklining tashqi nazorati.
O‘suvchi faktor signallari xujayra yo‘llarini stimullaydi, ya’ni plazmatik membranadan genlarga qadar xujayra siklining paydo bo‘lishini.
Mitoz
Xujayra sikli mitozni o‘z ichiga oladi, uning inson sog‘ligi uchun axamiyati juda kattadir. Mitoz bola, xomila, embrionni rivojlanishidagi yangi xujayralarning xosil bo‘lishi uchun javob beradi xamda katta odamlarda xujayra almashinuvi uchun javob beradi. Mitoz bu karrali bo‘linish. Xujayra bo‘linganda, 2ta yangi xujayraning yadrosi bir xil son va shakldagi xromosomalarga ega bo‘ladi. Bo‘linayotgan xujayra ona xujayra, bo‘linishdan xosil bo‘lgan yangi xujayralar qiz xujayralar deyiladi. Ona va qiz xujayralardagi xromosomalar soni genetik bir xildir.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |