Ma`ruza № Mexatronikaga kirish
“Mexatronika” nima? Mexatronikaning rivojlanish tarixi
Download 24.99 Kb.
|
Мехатроника-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.“Mexatronika” nima Mexatronikaning rivojlanish tarixi.
1.“Mexatronika” nima? Mexatronikaning rivojlanish tarixi.Rossiya, Germaniyada va boshqa davlatlarda elektr energiyani ishchi organlarni (ijrochi mexanizmlarni) harakatga keltiradigan mexanik energiyaga aylantiradigan qurilmalar o`tgan asrning 30-yillaridan boshlab “elektr yuritma” deb atala boshladi. Lekin bu atama Yaponiya va AQSh davlatlarida qo`llanilmadi, shuning uchun uning o`rniga “mexatronika” atamasi ishlatildi va asta-sekin Evropa davlatlari va Rossiyada joriy etildi. “Mexatronika” atamasi 1969 yilda Yaponiyada paydo bo`ldi. Atama muallifi - Tetsuro Mori “Yaskawa Electric” kompaniyasining katta muhandisi. Yaponiyada bu vaqtda dasturli boshqariladigan stanoklar va markazlar uchun pretsizion (ingl. precision - aniqlik ) elektrdvigatellar tayyorlanayotgan edi. Bu atama mashina va agregatlar ishchi organlarini elektron yarim o`tkazgichli o`zgartgichlar bilan boshqariladigan elektromexanik uskunalar elektrodvigatelarini belgilash uchun ishlatilgan edi. Atama 1972 yilda “Yaskawa Electric” kompaniyasining savdo belgisi qilib ro`yxatdan o`tkazilgan. 1.“Mexatronika” nima? Mexatronikaning rivojlanish tarixi.Mexatronika atamasi “Mexanika” va “Elektronika” so’zlari birlashuvidan paydo bo’lgan «MEXAnika» va «elekTRONIKA» (1.1-rasm). Bunday birlashuv texnikaning yangi avlodlarini yaratilishi va uskunalarining yangi ko`rinishlarini ishlab chiqish, ilm-fan va texnika jabhalardagi bilimlarni integratsiyasini anglatadi. 1.1-rasm. Mexatronika atamasi 1.“Mexatronika” nima? Mexatronikaning rivojlanish tarixi.Mexatronika bo`yicha birlamchi ilmiy maqolalar 1970-yillar oxirlarida Yaponiyada chop qilina boshlandi. Bu maqolalar asosan kompyuter yordamida boshqariladigan avtomatikaning aniq ishlaydigan sistemalari haqida edi. 1983 yildan xalqaro “Mexatronika” jurnali chop etila boshlandi. Dunyoda boshqariladigan va aniq ishlaydigan elektro dvigatellar ishlab chiqarish rivojlanib borgani sabab, 1982 yilda “Yaskawa Electric” kompaniyasi “Mexatronika” savdo belgisidan voz kechadi va bu atama cheklovlarsiz qo`llanavera boshladi. 1984 yilda Yaponiyaning muhandis-mexaniklari jamiyati (Nixon Kikay akkay) tomonidan “Gixodo” nashriyotida etti tomlik mexatronikaga bag’ishlangan nashr chiqardi. (Мехатроника: Пер. с япон. / Исин Т., Симояма И., Иноуэ Х. и др. – М.:Мир, 1988. – 318 с.). Download 24.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling