1-ma’ruza bo’yicha o’z-o’zini tekshirish savollari
Kompleks son ta’rifini ayting
Kompleks sonlarni qo’shish va ayirish amallarini keltiring.
Kompleks sonlarni ko’paytirish amallarini keltiring.
Kompleks son haqiqiy qismi, mavhum qismi va u qanday belgilanadi?.
Kompleks sonning geometric tasviri deganda nimani tushinasiz?
Kompleks sonnin moduli va argument nima va ular qanday belgilanadi?
Ko’paytmaning moduli va argumenti ko’paytuvchilarniki orqali qanday ifodalanadi?
Muavr formulasini yozing.
Kompleks sonning -tartibli ildizi den nimaga aytiladi?
Ildiz chiqarish formulasini yozing.
1-ma’ruza bo’yicha muammoli topshiriqlar
Kompleks sonlar uchun qo’shish va ko’paytirishning kommutativlik, assosiativlik va distributivlik xossalarini amallarning aniqlanishi va haqiqiy sonlar uchun bu xosslarning o’rinli ekanligidan foydalanib isbotlang.
Kopaytmaning moduli va argument haqidagi teoremani va hollar uchun matematik induksiyadan foydalanmasdan mustaqil isbotlang.
Kompleks sonlarni bo’lish amali va kopaytmaning moduli va argument haqidagi teoremadan foydalanib kompleks sonlar bo’linmasi moduli va argument haqida xulosalar chiqaring.
2.4-chizmadan modul uchun keltirilgan tengsizliklarni kompleks son modulining ta’rifidan foydalanib isbotlang.
Berilgan kompleks sonning -tartibli ildizi uchun (1.2) formuladagi qiymatlar uchun ixtiyoriy natural uchun tenglik bajarilishini isabotlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |