Ma’ruza №1: 1-Mavzu. Shaharsozlik asoslari va barqaror rivojlanish faniga kirish. Barqaror rivojlanish kontseptsiyasi. Ma’ruza rejasi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana28.12.2022
Hajmi1.6 Mb.
#1009016
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 1-Mavzu. Shaharsozlik asoslari va barqaror rivojlanish faniga



MA’RUZA №1:
1-Mavzu. Shaharsozlik asoslari va barqaror rivojlanish faniga kirish.
Barqaror rivojlanish kontseptsiyasi.
Ma’ruza rejasi:
1. 
Kirish. Shahar va Shaharsozlik haqida tushuncha. Shaharsozlik asoslarining
asosiy tushunchalari.
2. 
Barqaror rivojlanish tushunchasi va asosiy komponentlari.
3. 
Barqaror shaharsozlik
.
4. 
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi, barqaror rivojlanish masalalari. 
1.K i r ish. Shahar va Shaharsozlik haqida tushuncha. Shaharsozlik
asoslarining asosiy tushunchalari.
Arxitektura eng qadimiy san’at turidir. Odam o’zi uchun birinchi turar joy
qurgandan boshlab arxitektorlik kasbi shakllana boshlagan. Odamlar alohida turar
joylardan asta-sekin yashash manzillari, so’ngra shaharlar qurishga o’ta
boshlaganlar.
Arxitektor - keng soha mutaxassisi. U san’at, zamonaviy texnika fan va
iqtisodiyotni yagona birlikka birlashtirishi hamda bilim doirasini doimo
kengaytirib borishi lozim.
Arxitektor loyihada bino va inshootning barcha jihatlarini nazarda tutishi
kerak. Bunda u kelajak avlodlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishini ham
unutmasligi lozim.
Shaharsozlik keng mazmunga ega tushuncha. U ishlab chiqarish kuchlarini
joylashtirish bilan bog’liq bo’lgan aholi yashash joylarini tashkil qilish
muammolari hamda aholi turmush tarzi bilan aloqador bo’lgan turar joylarni
yaratish masalalarini ham o’z ichiga oladi.
Shaharsozlik -bu ijtimoiy-iqtisodiy, sanitariya-gigiyenik, texnik qurilish,
transport va arxitektura-badiiy masalalarni birgalikda xal qiluvchi shahar va aholi
yashash joylarini rejalashtirish va qurish nazariyasi va amaliyotidir.
Shaharsozlik- aholi yashash joylari va aholini joylashtirish tizimining
urbanizasiyalashgan muhiti shakllanishida kompleks va ko’p tomonlama ishlab
chiquvchi jarayon hisoblanadi. Shaharsozlik faoliyatining obyektiga rejaviy
hududlar va aholi punktlari, turar joy tumanlari va sanoat, dam olish hududlari va
shahar hududining boshqa rejalashtirish elementlari kiradi.
Shahar - bu bir-birlari bilan bog’liq bo’lgan turli xil korxona va zavodlar
majmuasidan iborat. Har kuni shahar minglab tonna xomashyo va oziq ovqatlar
iste’mol qiladi, minglab tonna sanoat va boshqa chiqindilarni chiqaradi. Shahar- bu
qudratli muhandislik xo’jaligi. Bu yuzlab km suv o’tkazgich quvurlari, elektr
quvvati bilan ta’minlash, qozonxonalar, oqova suvlarni tozalash inshootlari.
Shahar- bu moddiy va ma’naviy madaniyat durdonalari yaratilib kelingan
taraqqiyot o’chog’idir.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling