Ma’ruza №1: Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlanishi va qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish (4 soat)


Download 64.77 Kb.
bet7/17
Sana15.11.2023
Hajmi64.77 Kb.
#1775301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
3-mavzu.комплекс ишлаб чикариш

Farington Industrial Products
Sotish Qiymati Asosida Taqsimlash Metodi bo‘yicha Mahsulot Tannarxi
9.4-jadval

Mahsulotlar

Qo‘shma tannarx

Ajralish nuqtasidan keyingi tannarx

Jami mahsulot tannarxi

Jami

Birlikka

Jami

Birlikka

Jami

Birlikka

Z-800

18,000 p.b.

4.50 p.b.

5,000 p.b.

1.25 p.b.

23,000 p.b.

5.75 p.b.

Z-900

20,250

6.75

15,000

5.00

35,250

11.75

XZ-880

22,500

11.25

-

-

22,500

11.25

XZ-990

29,250

29.25

30,000

30.00

59,250

59.25

Jami

90,000 p.b.




50,000 p.b.




140,000 p.b.




Usullar turli xil bo‘lsa ham ajralish nuqtasidan keyingi tannarx bir xil hisoblanadi, chunki ajralish nuqtasidan keyingi xarajatlar tanlanayotgan metodga bog‘liq emas. Bu usulda har bir alohida qo‘shma mahsulot turli xil mahsulot birligi tannarxiga ega. Ushbu usul natijalari natural birliklar asosida taqsimlash metodiga nisbatan tannarx Z-800 mahsulotda 44 foizga kam [(10.25 p.b. – 5.75 p.b.) / 10.25 p.b.], XZ-990 mahsulotda esa 52 foizga yuqori [((59.25 p.b. – 39.00) * 39.00 p.b.]. Qolgan ikkita mahsulot bo‘yicha farqlar uncha katta emas. Usullarni tanlash ishlab chiqarish holatidan, mahsulotlarning jismoniy tavsiflaridan kelib chiqib amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.


Yalpi foyda asosida taqsimlash metodi. Yalpi foyda metodi, ba’zi adabiyotlarda yalpi marjin yoki doimiy kontributsiya foizli metodi deb ataluvchi usulda qo‘shma tannarx qo‘shma mahsulotlarga yalpi foydaning bir xil foizi asosida taqsimlanadi. Qo‘shma mahsulotlar guruhiga talluqli bo‘lgan yalpi foyda sotishdan olingan daromaddan ularning jami ishlab chiqarish tannarxini ayirish orqali topiladi. Yalpi marjin foizi yalpi marjin summasini mahsulotlarni sotishdan olingan daromadga bo‘lish orqali topiladi.
Fairington Industrial Products kompaniyasi uchun yalpi foyda foizi 30 %ni tashkil etadi [(200,000 p.b. – 140,000 p.b.) / 200,000]. Bu yerda 140,000 p.b. bu qo‘shma tannarx 90,000 p.b. va ajralish nuqtasidan keyingi tannarx 50,000 p.b.dan iborat. Sof foyda foizi 30% shuni anglatadiki har bir mahsulot tannarxi sotish narxining 70% ni tashkil etadi. Qo‘shma mahsulotlarga taqsimlanishi kerak bo‘lgan qo‘shma tannarx summasi mahsulotning to‘liq tannarxidan ajralish nuqtasidan keyingi tannarxni ayirishdan kelib chiqqan summaga teng bo‘ladi.
Yuqoridagi ma’lumotlar va hisoblangan mahsulot tannarxi foizidan foydalanib jami mahsulot tannarxini har bir mahsulot turi bo‘yicha aniqlaymiz:




Download 64.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling