MA’RUZA №1: Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlanishi va qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish (4 SOAT)
Ma’ruzaning maqsadi: Talabalarni kompleks ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash va ikkilamchi mahsulotlar tannarxini aniqlash tartibi bilan tanishtirish.
Ma’ruzaning rejasi:
Qo‘shma mahsulot va ikkilamchi mahsulot tushunchasi.
Qo‘shma mahsulot tannarxini baholash va tannarx illyustratsiyasi.
Ikkilamchi mahsulotlar hisobi.
1-savol. Qo‘shma mahsulot va ikkilamchi mahsulot tushunchasi.
Qo‘shma ishlab chiqarish jarayoni, qo‘shma mahsulot va ikkilamchi mahsulotlar shunday tarmoqlarga talluqli, qaysiki bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish boshqasini ishlab chiqarish bilan texnologik bog‘liqlikda bo‘ladi.
Qo‘shma ishlab chiqarish jarayoni (Joint production process) bu bir ishlab chiqarish jarayonida ikkita va undan ortiq mahsulot ishlab chiqarilgan hollarda yuzaga keladi.
Qo‘shma mahsulot (Joint product) deganda esa qo‘shma ishlab chiqarish jarayonidan olinadigan mahsulotlarga aytiladi. Ayrim adabiyotlarda qo‘shma mahsulot va asosiy mahsulotni bir-biridan farqlashadi. Qo‘shma ishlab chiqarish natijasida bir nechta mahsulot yuqori sotish qiymatiga ega bo‘lsa bu qo‘shma mahsulot deb ataladi. Agar qo‘shma mahsulotlarning ichida bittasi boshqalariga nisbatan yuqori sotish qiymatiga ega bo‘lsa bu asosiy mahsulot deb ataladi. Demak, asosiy mahsulot qo‘shma mahsulotning eng asosiysi ekan.
Ikkilamchi mahsulot (By product) asosiy mahsulot bilan birgalikda ishlab chiqariladigan va texnologik jarajayonning ma’lum nuqtasida qo‘shma mahsulotdan ajraladigan hamda sotish narxi nisbatan kichik bo‘lgan mahsulotga aytiladi.
Qo‘shma va ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlariga: kimyo sanoati, neftni qayta ishlash, tog‘, sut-un, moy-yog‘ ishlab chiqarish sanoati korxonalarini kiritish mumkin.
Masalan, sut mahsulotini bitta texnologik jarayonda qayta ishlash natijasida bir qancha mahsulotlar, jumladan sut, qatiq, qaymoq, pishloq, chakka, ayron, qurt va boshqa mahsulotlarni birin-ketin olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |