Ma’ruza №1: Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlanishi va qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish (4 soat)


Download 64.77 Kb.
bet9/17
Sana15.11.2023
Hajmi64.77 Kb.
#1775301
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
3-mavzu.комплекс ишлаб чикариш

90,000

21,000

Jami taqsimlangan qo‘shma tannarx

90,000 p.b.

Natijaviy jadvalni rasmiylashtirish uchun barcha ma’lumotlar tayyor bo‘ldi. Yuqoridagi amalga oshirilgan hisob-kitob natijalarini 9.7-jadvalda rasmiylashtiramiz:


Farington Industrial Products
Ajralish Nuqtasida Baholangan Bozor Qiymati Metodi bo‘yicha Mahsulot Tannarxi
9.7 -jadval

Mahsulotlar

Qo‘shma tannarx

Ajralish nuqtasidan keyingi tannarx

Jami mahsulot tannarxi

Jami

Birlikka

Jami

Birlikka

Jami

Birlikka

Z-800

21,000 p.b.

5.25 p.b.

5,000 p.b.

1.25 p.b.

26,000 p.b.

6.50 p.b.

Z-900

18,000

6.00

15,000

5.00

33,000

11.00

XZ-880

30,000

15.00

-

-

30,000

15.00

XZ-990

21,000

21.00

30,000

30.00

51,000

51.00

Jami

90,000 p.b.




50,000 p.b.




140,000 p.b.




Bu usul ham yuqoridagi usul kabi nisbatan aniqroq ma’lumotlarni bersada, lekin mahsulotlarning bozor qiymatini belgilashda qiyinchiliklar yuzaga kelish mumkin.


Kompaniya buxgalteriyasi aniq vaziyatdan kelib chiqib u yoki bu usulni tanlashini belgilab olishi kerak bo‘ladi. Qanchalik vaziyat to‘g‘ri hisobga olinsa yuqoridagi usullar aniqroq ma’lumotlarni beradi va kompaniya menedjmenti qo‘shma mahsulotlar tannarxi to‘g‘risida ob’ektiv axborotlarga ega bo‘ladi.
3-savol. Ikkilamchi mahsulotlar hisobi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, qo‘shma mahsulot va ikkilamchi mahsulot hamda chiqindi mahsulot o‘rtasidagi farqlar ularning qiymati bilan belgilaniladi. Ikkilamchi mahsulot qo‘shma yoki asosiy mahsulotga nisbatan kichik qiymatga ega bo‘ladi. Ikkilamchi mahsulotni chiqindi mahsulotlardan farq qilish talab etiladi. Ikkilamchi mahsulot chiqindi mahsulotga nisbatan iste’mol qiymati balandroq bo‘ladi va natijada uning qiymati ham yuksakroq bo‘ladi. Boshqa bir katta farqi ikkilamchi mahsulot asosiy mahsulotdan ajralgandan so‘ng yana qayta ishlanishi mumkin, qaysiki bu qo‘shimcha material, mehnat va ustama xarajatlarni sarflashni zaruriyat qilib qo‘yadi. Chiqindi mahsulotlar esa qayta ishlanmaydi.
Ikkilamchi mahsulotning sotishdan olingan daromadlarni ikkita ko‘rsatkichga ajratish mumkin: 1) Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan yalpi daromad. Bu ko‘rsatkich ikkilamchi mahsulotni sotishdan tushgan yalpi tushum bilan belgilanadi; 2) Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan sof daromad. Bu ko‘rsatkich ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan yalpi daromaddan ajralish nuqtasidan keyin qayta ishlash bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni chegirish orqali topiladi.
Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan sof daromad qo‘shma mahsulotning sotish tannarxi yoki ajralish nuqtasigacha amalga oshirilgan qo‘shma tannarxning kamayishiga olib boriladi.
Ikkilamchi mahsulotni hisobga olishning ikkita usuli amal qiladi:

  1. Ikkilamchi mahsulot sotishdan olingan sof daromadni qo‘shma mahsulotning sotish tannarxining kamayishiga olib borishi usuli;

  2. Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan sof daroadni ajralish nuqtasigacha amalga oshirilgan qo‘shma tannarxning kamayishiga olib borish usuli.

Ushbu usullarning qo‘llanilishini amaliy misollarda ko‘rib o‘taylik. Masalan, ishlab chiqarish jarayoni natijasida asosiy mahsulot va ikkilamchi mahsulot olinadi. Yanvar oyi davomida 1,000 birlik mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi quyidagicha shakllandi:


To‘g‘ridan-to‘g‘ri material 23,000 p.b.


To‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat 17,000
Ustama ishlab chiqarish 15,000

Download 64.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling