Jami mahsulot tannarxi 55,000 p.b.
U holda mahsulot birligi 55.00 p.b.ni tashkil etadi (55,000 p.b. / 1,000 birlik). 1,000 birlik qo‘shma mahsulotdan 800 birligi 100 p.b.dan sotildi. Oy maboynida asosiy qo‘shma mahsulotdan tashqari 750 fund ikkilamchi mahsulot ham olindi, qaysiki unga 850 p.b. qo‘shimcha xarajatlardan iborat ishlov berildi. Oy davomida 750 fund ikkilamchi mahsulotdan faqat 500 fundi 4.20 p.b. sotildi .
Ushbu ma’lumotlar asosida quyidagi ko‘rsatkichlarni aniqlaymiz:
1) Bir birlik ikkilamchi mahsulotga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha ishlash xarajatlari:
850 p.b. / 750 birlik = 1.13 p.b. / birlik
2) Ikkilamchi mahsulotni to‘liq sotishdan olinadigan mo‘ljaldagi sof daromad:
750 (4.20 – 1.13 ) = 2303 p.b.
2) Ikkilamchi mahsulotni hisobot oyida haqiqiy sotishdan olingan sof daromad:
(4.20 – 1.13) = 1535 p.b.
Yuqorida qayd qilingan usullar yordamida ikkilamchi mahsulotni hisobga olish tartibi bilan tanishib chiqaylik.
Ikkilamchi mahsulot sotishdan olingan sof daromadni qo‘shma mahsulotning sotish tannarxining kamayishiga olib borishi usuli. Ushbu usul asosida yuqoridagi hisob kitob ma’lumotlari asosida tuzilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Ko‘rsatkichlar
|
Summa
|
Sotish hajmi (800 birlik)
|
800 birlik * 100 p.b. = 80,000 p.b.
|
Sotilgan mahsulotlarning tannarxi
|
(800 birlik * 55 p.b.) - 1535 = 42,465 p.b.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |