Ma’ruza №1: Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlanishi va qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish (4 soat)


Download 64.77 Kb.
bet17/17
Sana15.11.2023
Hajmi64.77 Kb.
#1775301
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
3-mavzu.комплекс ишлаб чикариш

Aniqlash talab etiladi:
1. Dekabr oyida sotilgan har bir mahsulot bo‘yicha yalpi foyda hissa foizini quyidagi usullardan foydalanib hisoblang:
A. Ajralish nuqtasida sotish qiymati
B. Jismoniy birliklar metodi
S. Sof sotish qiymati metodi
2. Kompaniya A, V va D mahsulotni qayta ishlashga doir bo‘lgan boshqa qarorni qabul qilish alternativasi bo‘yicha ishlasa dekabr oyida operatsion foydani ko‘paytirish mumkinmi? Operatsion foydaning taklif etilayotgan o‘zgarishlari ta’sirini ko‘rsating.
(Upravlencheskiy uchet 1, 64 bet)

5-masala. Korporatsiya “Garrison” uch turda mahsulot ishlab chiqaradi: Alfa, Beta va Gamma. Alfa va Gamma qo‘shma mahsulot, Beta ikkilamchi mahsulot hisoblanadi. Yil davomida ishlab chiqarish jarayoni quyidagicha shakllangan:


1. 1-sexda 110000 kg asosiy material qayta ishlanadi va qayta ishlash xarajatlari 120 000 p.b.ni tashkil etadi. Qayta ishlangandan keyin 60% birlik mahsulot 2-sexga o‘tkaziladi, 40% birlik mahsulot esa 3-sexga (endi Gamma) kelib tushadi.
2. Ikkinchi sexda materiallarga qo‘shimcha ishlov beriladi va bunda qo‘shimcha xarajatlar 38 000 p.b.ga teng. Keyin ushbu birlikning 70% (endi Alfa) to‘rtinchi sexga o‘tkaziladi. Qolgan 30 % birlik mahsulot esa ikkilamchi mahsulot Betaga aylanadi, qaysiki har kilogrammi 1.20 p.b.dan sotiladi. Beta mahsulotning sotishga doir bo‘lingan xarajatlari 8 100 p.b.ni tashkil etadi.
3. 4-sexda Alfa mahsulotni qayta ishlash davom etadi. Uning qo‘shimcha xarajatlari 23 660 p.b.ga teng. Ushbu ishlovdan keyin Alfa mahsuloti sotishga tayyor holga keladi. Sotish narxi 1 kg uchun 5.00 p.b. ga teng.
4. 3-sexda Gamma mahsuloti qayta ishlanadi. Buning uchun 165.000 p.b. qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshiradi. Bu sexda ishlab chiqariladigan Gamma mahsulotining sifatli birligidan 10 % normativ yo‘qotish yuzaga keladi. Keyin Gamma sifatli mahsuloti kilogrammi 12.00 p.b. sotiladi.


Aniqlash talab etiladi:
1. Kutiladigan sof sotish qiymati metodi asosida qo‘shma xarajatlarni Alfa va Gamma mahsulotlari bo‘yicha taqsimlash grafigini tayyorlang. Beta mahsulotning kutiladigan sof sotish qiymati 1-sexning kompleks xarajatlarining kamayishiga olib boriladi, qaysiki uning summasi 120.000 p.b ni tashkil etadi.
2. 1-punkdagi yechimning javobidan qat’iy nazar umumiy qo‘shma xarajatlarning 102.000 p.b. tegishli tartibda Alfa mahsulotga taqsimlandi deb tassavur qilamiz. 48.000 kg Alfa va 20.000 kg Beta sotishga tayyor holga keltirilgan deb ham tassavur qilamiz. Moliyaviy faoliyatning natijalariga oid hisobot tayyorlash talab etiladi, qaysiki unda Alfa mahsulotdan olingan yalpi foyda aks ettirilishi lozim. Buning uchun quyidagi ma’lumotlar berilgan:
A. Yil davomida sotishga tayyor bo‘lgan Alfa mahsulotining 80% sotildi. Davr boshida qoldiq mavjud emas.
B. Sotishga tayyor bo‘lgan Beta mahsulotning kutilayotgan sof sotish qiymati A mahsulotning ishlab chiqarish tannarxidan chegirishga olib boriladi. Davr oxirida Alfa mahsuloti zahirasi ishlab chiqarish sof xarajatlariga tayanishi lozim.
Download 64.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling