Ma’ruza №1: Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlanishi va qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish (4 soat)


Download 64.77 Kb.
bet14/17
Sana15.11.2023
Hajmi64.77 Kb.
#1775301
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
3-mavzu.комплекс ишлаб чикариш

Testlar
1. Qo‘shma mahsulot va asosiy mahsulot bir xil ma’noni anglatadimi?
A. Ha, bir xil ma’noni anglatadi
B. Asosiy mahsulot ham qo‘shma mahsulot, u boshqalariga nisbatan yuqori narxga ega
S. Asosiy mahsulot agar bitta qo‘shma mahsulot qolganlari ikkilamchi mahsulot bo‘lsa
D. Qo‘shma mahsulot ikkita va undan ortiq mahsulot, asosiy mahsulot esa eng tez sotiladigan qo‘shma mahsulot

2. Kompaniya A, V va S mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Qo‘shma tannarx 200,000 p.b.ga teng. Umumiy ishlab chiqarilgan birlik 20,000 birlik. Ishlab chiqarilgan A mahsulot birligi 4,500 birlik. Natural birliklar metodi asosida A birlikka taqsimlanadigan qo‘shma tannarx summasini aniqlang.


A. 45,000 p.b.
B. 66,666 p.b.
S. 90,000 p.b.
D. 100,000 p.b.
3. Kompaniya A, V va S mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Qo‘shma tannarx 200,000 p.b.ga teng. Umumiy sotish hajmi 600,000 p.b.ni tashkil etadi. A mahsulotni sotish hajmi 180,000 p.b. Sotish qiymati asosida taqsimlash metodi asosida A mahsulot birligiga taqsimlanadigan qo‘shma tannarx summasini aniqlang.
A. 45,000 p.b.
B. 60,000 p.b.
S. 111,000 p.b.
D. 180,000 p.b.

4. Kompaniyaning umumiy sotish hajmi 600,000 p.b.ga teng. Qo‘shma tannarx 200,000 p.b.. Ajralish nuqtasidan keyingi tannarx 120,000 p.b.. A mahsulotni sotish hajmi 180,000 p.b. bo‘lsa, yalpi foyda foizi va A mahsulotga taqsimlanadigan qo‘shma tannarxni aniqlang.


A. 54%, 97200 p.b.
B. 37%, 66,600 p.b.
S. 46%, 97200 p.b.
D. 62,5%, 112,500 p.b.


5. A mahsulotning ajralish nuqtasida sof sotish mumkin bo‘lgan qiymati (SSMBQ) 100,000 p.b.. Jami ajralish nuqtasida SSMBQ 450,000 p.b.ni tashkil etadi. Jami qo‘shma tannarx 200,000 p.b.. Ajralish nuqtasida SSMBQ metodi asosida A mahsulotga taqsimlanadigan qo‘shma tannax summasini aniqlang.
A. 100,000 p.b.
B. 200,000 p.b.
S. 225,000 p.b.
D. 44,000 p.b.

6. A mahsulotning bozor qiymati 180,000 p.b. Ushbu mahsulotning ajralish nuqtasidan keyingi tannarxi 40,000 p.b.. Jami ajralish nuqtasidan keyingi tannarx 120,000 p.b.. Jami bozor qiymati 600,000 p.b.. Jami qo‘shma tannarx 200,000 p.b. bo‘lsa, ajralish nuqtasida baholangan bozor qiymati metodi asosida A mahsulotga taqsimlangan qo‘shma tannarx summasini aniqlang.


A. 160,000 p.b.
B. 58,000 p.b.
S. 44,000 p.b.
D. 55,000 p.b.


7. Sotish hajmi 2,000 birlik. Uning tannarxi 44,000 p.b.. Ikkilamchi mahsulot 100 birlik. Ajralish nuqtasidan keyin unga 500 p.b. miqdorida qo‘shimcha ishlov berildi. 100 birlikdan faqat 80 birligi 8 p.b. sotildi. Sotish tannarxni kamaytirish usulida sotilgan asosiy mahsulotning tannarxini aniqlang.
A. 44,000 p.b.
B. 43,700 p.b.
S. 43,760 p.b.
D. 43,500 p.b.


8. Sotish hajmi 2,000 birlik. Uning tannarxi 44,000 p.b.. Ikkilamchi mahsulot 100 birlik. Ajralish nuqtasidan keyin unga 500 p.b. miqdorida qo‘shimcha ishlov berildi. 100 birlikdan faqat 80 birligi 8 p.b. sotildi. Mahsulot tannarxni kamaytirish usulida sotilgan asosiy mahsulotning tannarxini aniqlang.
A. 44,000 p.b.
B. 43,700 p.b.
S. 43,760 p.b.
D. 43,500 p.b.


9. Ikkilamchi mahsulot va chiqindi mahsulot bir-biridan farq qiladimi?
A. Kriteriyasi mavjud emas, korxona o‘zi belgilaydi
B. Chiqindi mahsulot ikkilamchi mahsulotga nisbatan kam qiymatga ega va qayta ishlanmasdan sotilishi mumkin.
S. Chiqindi mahsulot qiymatga ega emas va u chiqarib tashlanadi, ikkilamchi mahsulot esa sotiladi.
D. Ikkilamchi mahsulot va chiqindi mahsulot bir-biridan farq qilmaydi, bir xil ma’noda qo‘llaniladi.


10.Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olgan sof daromad nima?
A. Ikkilamchi mahsulotni sotishdan tushgan tushum.
B. Ikkilamchi mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi plyus foyda
S. Ikkilamchi mahsulot sotishdan olgan tushum va minus taqdim qilingan savdo chegirmasi
D. Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olgan tushum va minus ikkilamchi mahsulotni qayta ishlash tannarxi

Masalalar.



Download 64.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling