Ma’ruza №1: Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlanishi va qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish (4 soat)
Mahsulot Jami sotish qiymati
Download 64.77 Kb.
|
3-mavzu.комплекс ишлаб чикариш
Ushbu jadval ma’lumotlari asosida mahsulot tannarxi foizi asosida jami mahsulot tannarxi aniqlangandan so‘ng, jami tannarxdan ajralish nuqtaidan keyingi tannarxni ayirib tashlab qo‘shma tannarxni aniqlaymiz. Mahsulot birligining tannarxi esa jami tannarxni mahsulot birligiga bo‘lib topamiz. Misol uchun, Z-800 mahsulotda mahsulot birligi tannarxi 7 p.b.ni tashkil etmoqda (28,000 p.b. / 4,000 birlik). Hisob-kitob natijalarini quyidagi jadvalda umumlashtiramiz. Farington Industrial Products Yalpi Foyda Asosida Taqsimlash Metodi bo‘yicha Mahsulot Tannarxi 9.5 -jadval
Bu jadvalga qo‘shimcha ravishda shuni kiritish mumkinki, yuqorida ta’kidlaganimizdek qo‘shma tannarx jami mahsulot tannarxi bilan ajralish nuqtasidan keyingi tannarx o‘rtasidagi farqqa teng bo‘ladi. Bu hisob-kitoblar natijalarini quyida keltirish mumkin:
Ushbu hisob-kitobda aniqlangan taqsimlanmagan qo‘shma tannarx 9.5-jadvaldagi qo‘shma tannarx ustuniga o‘tkazilgan. Mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan qo‘shma tannarx mahsulot bo‘yicha qo‘shma tannarx summasini mahsulot birligiga bo‘lish orqali topiladi. Masalan, Z-880 qo‘shma mahsulot bo‘yicha mahsulot birligi qo‘shma tannarxi 5.50 p.b.ni tashkil etmoqda (16,500 p.b. / 3,000 birlikka). Ushbu usulning afzallik tomoni foydalanish uchun qo‘layligi, umumiy natijadlarni bir tekisda mahsulot turlariga taqsimlashi bilan belgilanadi. Lekin kamchiligi shundan iboratki foydalilik darajasi barcha mahsulotlar bo‘yicha bir xilda taqsimlanadi. Xolbuki, amalda hamma mahsulotning ham foydalilik darajasi bir xil bo‘lavermaydi. Natijada haqiqiy foydalilik darajasiga ega bo‘lgan mahsulotlarning rentabillik ko‘rsatkichi hisobidan boshqa mahsulotlarning haqiqiy rentabilligi yuqori bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Ajralish nuqtasida sof sotish mumkin bo‘lgan qiymati (SSMBQ) asosida taqsimlash. Bu usulda qo‘shma tannarx har bir mahsulotga ajralish nuqtasida sof sotish mumkin bo‘lgan qiymat proporsiyasi asosida taqsimlanadi. Sof sotish mumkin bo‘lgan qiymati bu ajralish nuqtasidagi sotishilishi mumkin bo‘lgan qiymati minus sotish va distributsiya xarajatlari. Ko‘p qo‘shma mahsulotlar ajralish nuqtasida bozorga tayyor holatga keladi, qaysiki u ajralish nuqtasida bozor qiymatidan uni tayyor holatga keltirish jarayonlarini chegirish orqali topiladi. Bizning misolimizda ajralish nuqtasida sof sotish mumkin bo‘lgan qiymat quyidagicha baholangan:
Ushbu ma’lumotlar asosida qo‘shma mahsulotlarga qo‘shma tannarx ajralish nuqtasidagi sof sotish mumkin bo‘lgan qiymatdagi (SSMBQ) hissasi asosida quyidagi tartibda taqsimlanadi.
Ushbu ma’lumotlar asosida natijaviy 9.6-jadvalni rasmiylashtiramiz: Farington Industrial Products Ajralish Nuqtasida Sof Sotish Mumkin Bo‘lgan Qiymat Metodi bo‘yicha Mahsulot Tannarxi 9.6 -jadval
9.6-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, ajralish nuqtasida sof sotish mumkin bo‘lgan qiymat asosida qo‘shma tannarxini taqsimlash har bir mahsulotning haqiqiy qiymatini to‘laroq hisobga olish imkoniyati tug‘iladi. Ushbu usulning kamchilik tomoni unda ajralish nuqtasida sof sotish qiymatini aniqlashdagi muammolar hisoblanadi. Hali to‘liq tayyor bo‘lmagan mahsulotlarning ajralish nuqtasida sof sotish qiymatini aniqlash taxminiy ma’lumotlarga asoslanadi va bu natijalarga ta’sir qiladi. Ajralish nuqtasida qiymatni baholash metodi. Agar qo‘shma mahsulot ajralish nuqtasida bozor qiymatiga ega bo‘lmasa buxgalterlar bozor qiymatini baholashlari shart bo‘ladi. Ajralish nuqtasida baholangan bozor qiymati bu mahsulotning bozor qiymatidan ajralish nuqtasidan keyingi tannarxni ayirish orqali topiladi. Bizning misolimizda Fairington kompaniyasi bo‘yicha ajralish nuqtasida baholangan bozor qiymati teng bo‘ladi:
Endi, har bir mahsulotning ajralish nuqtasidagi baholangan bozor qiymati summasining umumiy summadagi hissasini aniqlaymiz va natijalarini quyidagicha rasmiylashtiramiz:
Download 64.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling