Ma’ruza №1: Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlanishi va qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish (4 soat)
Download 64.77 Kb.
|
3-mavzu.комплекс ишлаб чикариш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulot Ishlab chiqarilgan birlik Birlik sotish narxi
- Qo‘shma tannarx = 90,000 p.b.
- Natural birliklar asosida taqsimlash
Farington Industrial Products
Ishlab chiqarish, narx va tannarx ma’lumotlari 2009 yil dekabr oyi uchun 9.1-jadval
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki sotishga tayyor holatga keltirish uchun uchta mahsulot ajralish nuqtasidan keyin qo‘shimcha ishlov berish jarayoniga o‘tkazilmoqda. Faqat XZ-990 mahsulot esa qo‘shimcha ishlovlarsiz sotishga tayyor holatga keltirilgan. Dekabr oyi davomida 10,000 barrel mahsulotni to‘liq ishlab chiqarish uchun jami tannarx 140,000 p.b.ni tashkil etmoqda (50,000 + 90,000). Mahsulotlar ajralgunga qadar jami qo‘shma tannarx 90,000 p.b. bo‘lib, bu barcha to‘rtta mahsulot uchun umumiy xarajat hisoblanadi. Ajralish nuqtasidan keyin mahsulotlarni qo‘shimcha qayta ishlash jarayonida 50,000 p.b. miqdorida sarf xarajat amalga oshirilgan, qaysiki bu xarajatlar har bir mahsulotga identifikatsiyalangan. Har bir mahsulotning tannarxni aniqlashimiz uchun qo‘shma tannarxni har bir mahsulotga taqsimlashda mantiqan to‘g‘ri bo‘lgan yo‘lni tanlashimiz kerak bo‘ladi. Taqsimlashda eng to‘g‘ri ideal g‘oyaga, ya’ni har bir mahsulotning tannarxi ularni sotishdan olingan daromad bilan muvofiqligini ta’minlashga rioya qilish bo‘lib hisoblanadi. Lekin, muvofiqlik konsepti qo‘shma tannarxni taqsimlashda murakkabliklar bilan bog‘liqdir. Natijada, sabab-oqibat bog‘liqligi qo‘shma tannarx va qo‘shma tannarxni haqiqatda o‘zida mujassamlantirgan mahsulot o‘rtasida o‘z aksini topa olmasligi mumkin. Ushbu farqni mumkin qadar kamaytirishda bir qancha umum qabul qilingan metodlar qo‘llaniladi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Natural birliklar asosida taqsimlash. 2. Sotish qiymati asosida taqsimlash. 3. Yalpi fayda asosida taqsimlash. 4. Ajralish nuqtasida sof sotish mumkin bo‘lgan qiymati asosida taqsimlash. 5. Ajralish nuqtasida qiymatni baholash metodi Natural birliklar asosida taqsimlash. Qo‘shma tannarxni taqsimlashda keng foydalaniladigan usullardan biri natural birlik metodi, ayrim adabiyotlarda ishlab chiqarilgan birliklar metodi deb ataladi. Bu usulni qo‘llash onson va tez tushunarli hisoblanadi. Bunda qo‘shma tannarx ishlab chiqarilgan har bir birlikka teng taqsimlanadi. Fairinhton kompaniyasi Dekabr oyida 10,000 birlik mahsulot ishlab chiqargan va qo‘shma tannarx esa 90,000 p.b.ni tashkil etgan. Natural birliklar metodiga muvofiq har bir birlik mahsulotga 9 p.b.dan qo‘shma tannarx taqsimlanadi (90,000 p.b. / 10,000 birlik). U holda 4,000 barrel dan iborat Z-800 mahsulotga dekabr oyida umumiy 36,000 p.b.da qo‘shma tannarx taqsimlanadi (9 p.b. har bir barrelga * 4,000 barrel). Xuddi shuningdek, Z-900 mahsulotga 27,000 p.b. (9 p.b. * 3,000 barrel), XZ-880 mahsulotga 18,000 p.b. (9 p.b. * 2,000 barrel) va XZ-990 mahsulotga 9,000 p.b. ( 9 p.b. * 1,000 barrel) qo‘shma tannarx taqsimlanadi. Hisob-kitob natijalarini 9.2-jadvalda rasmiylashtiramiz. Download 64.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling