Ma’ruza №1: Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlanishi va qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana10.03.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1258147
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Снимок экрана 2023—01—31 в 8.38.17 PM

Tayanch atamalar:
1. Qo‘shma ishlab chiqarish jarayoni (Joint production process) bu bir ishlab chiqarish
jarayonida ikkita va undan ortiq mahsulot ishlab chiqarish amalga oshiriladigan jarayonga
aytiladi.
2. Qo‘shma mahsulot (Joint product) qo‘shma ishlab chiqarish jarayonida texnologik
jarayonning ma’lum nuqtasigacha birgalikda qayta ishlanadigan, ajralgandan keyin alohida
identifikatsiyalanib sotishga tayyor holga keltiriladigan yoki boshqa qayta ishlash jarayoniga
o‘tkaziladigan mahsulotlarga aytiladi. Agar qo‘shma mahsulotlarning ichida bittasi boshqalariga
nisbatan yuqori sotish qiymatiga ega bo‘lsa bu asosiy mahsulot deb ataladi.
3. Ikkilamchi mahsulot (By product) bu asosiy mahsulot bilan birgalikda ishlab
chiqariladigan va texnologik jarayonning ma’lum nuqtasida qo‘shma mahsulotdan ajraladigan
hamda sotish narxi nisbatan kichik bo‘lgan mahsulotga aytiladi.
4Qo‘shma tannarx (joint cost) - bu har bir jarayonning oxirigacha, ya’ni mahsulotlar
ajralgunga qadar amalga oshirilgan xarajatlarga aytiladi.
5. Ajralish nuqtasi (split-off point) bu jarayon tugashi bilan mahsulotlar ajralib alohida
indentifikatsiyalanadigan, ya’ni texnologik ishlov berish jarayonida mahsulot biri ikkinchisidan
jismoniy ajralib kelgusida ularning mahsulot tannarxini alohida hisoblash mumkin bo‘lgan
nuqtasidir.
6Bo‘lingan xarajatlar (Separable costs) - bu ajralish nuqtasidan keyin alohida olingan
mahsulotlarga qayta ishlash uchun amalga oshirilgan xarajatlardir.
7. Sof sotish mumkin bo‘lgan qiymati (Net realizable value) - bu ajralish nuqtasidagi
sotishilishi mumkin bo‘lgan qiymati minus sotish va distributsiya xarajatlari.
O‘zini-o‘zi tekshirish uchun savollar:
1. Qo‘shma tannarx nima?
2. Bo‘lingan xarajatlar nima?
3. Qo‘shma mahsulot ishlab chiqaradigan tarmoqlarga ikkita misol keltiring. Ularning har biri
bo‘yicha ajralish nuqtasida ajralib chiqadigan mahsulotlari?
4. Qo‘shma mahsulot va ikkilamchi mahsulotning bir-biridan farqi?
5. Qo‘shma tannarxning individual mahsulotlar va xizmatlarga taqsimlashning uchta sababini
keltiring?
6. Ajralish nuqtasida sof sotish mumkin bo‘lgan qiymati asosida taqsimlash va Ajralish
nuqtasida qiymatni baholash metodlarining farqini aytib bering?
7. Ko‘p korxonalar ajralish nuqtasida qiymatni baholash metodidan foydalanishni afzal deb
biladi. Uchta sababini ayting?
8. Qo‘shma tannarxni qo‘shma mahsulotlarga taqsimlashning har bir usullarining afzalliklari va
kamchiliklarini ayting?
9. Ikkilamchi mahsulotlar ajralish nuqtasidan keyin qo‘shimcha qayta ishlashga zaruriyati
bo‘lmasa ko‘p hollarda buxgalterlar ularning qiymatini ajralish nuqtasida nolga teng deb olib,
sotilgan mahsulotlarning tannarxini kreditlaydi. Bu to‘g‘rimi, mulohaza qiling?

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling