Ma’ruza №1: Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlanishi va qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—01—31 в 8.38.17 PM
(split-off point) deb ataladi. Ajralish nuqtasidan keyin ayrim mahsulotlar boshqa qayta ishlash
zaruriyati bo‘lmasdan sotish uchun tayyor holatga kelishi mumkin. Bunga chizmada A mahsulotni misol qilib olish mumkin, qaysiki u pishirish jarayonidan keyin sotishga tayyor holatga keltirilgan. Boshqa mahsulotlarda esa ajralish nuqtasidan keyin ularni sotish uchun tayyor holatga keltirish uchun yana qo‘shimcha ishlov berishga zaruriyati bo‘ladi va bunday hollarda ishlab chiqarish yana boshqa jarayonlarda davom etadi. Chizmada mahsulot dasttaval qorishtirish jarayonini o‘tab so‘ngra pishirish jarayoniga o‘tkazilgan. Undan ajralish nuqtasida V, S va D mahsulotlar alohida ajralib ularga ishlov berish uchun boshqa-boshqa jarayonlarga o‘tkazilgan. Ajralish nuqtasidan keyin alohida olingan mahsulotlarga qayta ishlash uchun amalga oshirilgan xarajatlar bo‘lingan xarajatlar deb ataladi. Chizmadagi Yopish jarayoniga o‘tkazilgan mahsulot qayta ishlanadi, ya’ni yana material, mehnat va ustama xarajatlar amalga oshiriladi (bu bo‘lingan xarajatlarni tashkil etadi) va bu jarayon yakunlangandan so‘ng mahsulot upakovka jarayoniga o‘tkazilgan va unda ishlovlar amalga oshirilib V mahsulot olingan, qaysiki u sotish uchun tayyor holatga keltirilgan. Ajralish nuqtasidan keyin mahsulotning bir qismi boshqa qorishtirish jarayoniga o‘tkazilgan (oldingi qorishtirish jarayonidan farq qiladi). Mahsulot ushbu jarayonda ishlov olgandan so‘ng muvofiqlashtirish jarayoniga o‘tkazilgan. Undan C tayyor mahsulot hamda Z ikkilamchi mahsulot olingan. Mahsulotning yana bir qismi ajralish nuqtasidan keyin to‘yintirish jarayoniga o‘tkazilgan. Bu jarayondan D tayyor mahsulot va unga nisbatan kichik qiymatga ega bo‘lgan Y ikkilamchi mahsulot olingan. Ishlab chiqaradigan qo‘shma mahsulot korxonaning tijorat faoliyatida asosiy rolni o‘ynaydi. Ikkilamchi mahsulot esa asosiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladi. Ikkilamchi mahsulotni aniqlash bo‘yicha asosiy mezon bo‘lib uning narxini asosiy mahsulot narxiga taqqoslash asosida aniqlangan natijalar hisoblanadi. Qo‘shma va ikkilamchi mahsulotning odatdagi ishlab chiqarishdan farqli tarafi shundan iboratki, birinchisini ikkinchisidan ishlab chiqarishning ma’lum bir nuqtasiga kelgunga qadar identifikatsiya qilish mumkin emas. Shu bois, ushbu ajralish nuqtasiga yetgunga qadar xarajatlarni alohida mahsulot turlariga olib borish imkoni bo‘lmaydi. Ajralish nuqtasiga yetgundan keyin alohida mahsulotlar realizatsiya qilinishi yoki kelgusi qayta ishlashga jo‘natilishi mumkin. Ikkilamchi mahsulotlarni chiqindi materiallardan farq qilish kerak bo‘ladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling