Ma’ruza №1: Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlanishi va qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—01—31 в 8.38.17 PM
Jami
90,000 p.b. 50,000 p.b. 140,000 p.b. Jadval ma’lumotlarilan ko‘rinib turibdiki, ushbu metodda mahsulot birligiga qo‘shma tannarx to‘rtta mahsulot uchun ham bir xil darajada belgilangan, qaysiki bu ko‘rsatkich qo‘shma mahsulotlarga taqsimlanadigan jami tannarxni oy maboynida ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga bo‘lish orqali topiladi. Jadvalning keyingi ustuni ajralish nuqtasidan keyingi tannarx har bir mahsulotga alohida identifikatsiyalangan, chunki ularning hisob-kitobi har bir alohida mahsulot uchun yuritiladi. Ularni taqsimlashga zaruriyat yo‘q. Identifikatsiyalash bilan taqsimlash o‘rtasidagi farq qo‘shma mahsulot tannarxiga doir qarorlarini qabul qiluvchi menedjerlar uchun ahamiyat kasb etadi. Misol uchun qo‘shma mahsulotlardan birining bozor qiymati sezilarli darajada kamaysa bu uni ishlab chiqarishni to‘xtatish taqoza qiladi va bu holat ko‘proq agarda bozor qiymati ajralish nuqtasidan keyingi xarajatlarni qoplay olmasa. Alohida mahsulotlarning to‘liq tannarxi bu unga taqsimlangan qo‘shma tannarx va ajralish nuqtasidan keyin amalga oshirilgan tannarx yig‘indisidan iborat. Bizning misolimizda uchta mahsulot qo‘shma tannarx va ajralish nuqtasidan keyingi tannarxlardan tashkil topgan. Faqat, XZ-880 mahsulot ajralish nuqtasidan keyin sotishga tayyor holga keltirilgan, ya’ni unga qo‘shimcha ishlov berish zaruriyati yo‘q. 9.1-jadvalda keltirilgan mahsulotlarning narxlarini 9.2-jadvalda hisoblab chiqilgan tannarx to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan solishtiradigan bo‘lsak, ayrim holatlarni qayd qilish mumkin. Z-800 mahsulot birligining tannarxi 10.25 p.b. bo‘lgan holda sotish narxi undan past bo‘lib 10.00 p.b.ni tashkil etmoqda. Bozor esa uni yuqori narxda sotishga imkon bermaydi. Natijada kompaniya ushbu mahsulotni tannarxidan past narxga (farqi 0.25 p.b.) sotishga majbur bo‘ladi. Agar tahlil jarayoniga mahsulotni sotish, distributsiya va ma’muriy xarajatlarni ham qo‘shadigan bo‘lsak u holda zarar summasi yana oshadi. Z-900 mahsulotga yalpi marjin 1 barrel ga 1 p.b.ni tashkil etmoqda (15 p.b.sotish narxi – 14 p.b. mahsulot tannarxi). Bu ham juda past. Lekin XZ-880 XZ -990 mahsulotlarda yalpi marjin yuqori bo‘lib mos ravishda 16 p.b. va 26 p.b.ga yetgan. Buning sababi natural birliklar metodida kichik narxga ega bo‘lgan mahsulotlar kichik hajmga va ko‘proq miqdorga ega bo‘lishi natijasida negativ yalpi marjinga ega bo‘lishi mumkin. Yuqori narxga ega bo‘lgan mahsulotlar esa yuqori marjin ko‘rsatkichiga ega bo‘lmoqda. Shu bois, natural birliklar metodini mahsulotlar narxi o‘rtasida katta farq bo‘lmagan hollarda qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling