Ma’ruza №1: Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlanishi va qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish
Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan sof daromadni ajralish nuqtasigacha amalga
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—01—31 в 8.38.17 PM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rsatkichlar Summa
Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan sof daromadni ajralish nuqtasigacha amalga
oshirilgan qo‘shma tannarxning kamayishiga olib borish usuli. Bu usul nomidan ko‘rinib turibdiki, ikkilamchi mahsulotni sotishdan olinadigan to‘liq sof daromad qo‘shma tannarxning kamayishiga olib boriladi. Yuqoridagi misolda qo‘shma tannarx 55,000 p.b.ga teng. Ikkilamchi mahsulotni to‘liq sotishdan olinadigan mo‘ljaldagi sof daromad 2,303 p.b.ga teng. Natijada, ushbu sof daromad summasiga kamaytirilgandan keyingi qo‘shma tannarx summasi 55,000 - 2,303 = 52,697 p.b. Mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan qo‘shma tannarx summasi teng bo‘ladi 52,697 p.b. / 1,000 birlik = 52,70 p.b. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot: Ko‘rsatkichlar Summa Sotish hajmi (800 birlik) 800 birlik * 100 p.b. = 80,000 p.b. Sotilgan mahsulotlarning tannarxi (800 birlik * 52.70 p.b.) = 42,160 p.b. Yalpi foyda 37,840 p.b. Ushbu usulda amalga oshirilgan hisob-kitob natijalarini buxgalteriya schyotlarida aks ettirish tartibini ko‘rib chiqaylik. Ikkilamchi mahsulotni qo‘shimcha qayta ishlash jarayoni bilan bog‘liq amalga oshirilgan xarajatlariga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: Ikkilamchi mahsulot ishlab chiqarish jarayoni 850 Materiallar 300 Mehnat haqi 320 Taqsimlangan ishlab chiqarish ustama 230 Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan yalpi daromad summasiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: Olinadigan schetlar yoki pul mablag‘lari schetlari 2,100 Ikkilamchi mahsulot zahirasi scheti 2,100 Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan sof daromad summasiga quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi: Ikkilamchi mahsulot ishlab chiqarish jarayoni 1,250 Ishlab chiqarish jarayoni 1.250 Ikkilamchi mahsulotni ishlab chiqarish jarayonidan qabul qilinganda quyidagicha yozuv beriladi: Ikkilamchi mahsulot zahirasi scheti 2,100 Ikkilamchi mahsulot ishlab chiqarish jarayoni 2.100 Ayrim provodkalari birinchi usuldagisidan farq qilmaydi. Asosiy farq shundan iboratki, ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan sof daromad birinchi usulda sotilgan mahsulotlarning tannarxining kamayishiga olib borilgan bo‘lsa, ikkinchi usulda esa ishlab chiqarish jarayoni schetining kamayishiga olib borilgan. Provodkalardan ko‘rinib turibdiki, ikkilamchi mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoni alohida schetda yuritish ko‘zda tutilgan, qaysiki bu schet ajralish nuqtasidan keyin ikkilamchi mahsulotlarni qayta ishlash uchun amalga oshirilgan xarajatlar hamda ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan sof daromad summasiga debetlanib ikkilamchi mahsulotning qiymati shakllangan va schetni kreditlash orqali ikkilamchi mahsulotlar zahirasi schetiga o‘tkazilgan. Xulosa qiladigan bo‘lsak, ta’kidlash joizki qo‘shma ishlab chiqarish jarayonida muhim masala ularning qiymatini aniqlash hisoblanadi. Amaldagi qiymatni aniqlash usullari ma’lum qo‘layliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud ekanki, qaysiki bu funksional qiymat usullarini ishlab chiqishni va joriy qilishni taqoza qiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling