Ma’ruza №1: Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlanishi va qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana10.03.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1258147
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Снимок экрана 2023—01—31 в 8.38.17 PM

Jami
200,000 p.b. 50,000 p.b.
150,000 p.b.
Endi, har bir mahsulotning ajralish nuqtasidagi baholangan bozor qiymati summasining
umumiy summadagi hissasini aniqlaymiz va natijalarini quyidagicha rasmiylashtiramiz:
Mahsulotlar Ajralish 
nuqtasida
baholangan bozor qiymati
* 
Jami 
qo‘shma
tannarx =
Taqsimlangan qo‘shma
tannarx
Z-800
35,000 p.b./ 150,000 p.b.
90,000 p.b.
21,000 p.b.
Z-900
30,000 /150,000
90,000
18,000
XZ-880
50,000 / 150,000
90,000
30,000
XZ-990
35,000 / 150,000
90,000
21,000
Jami taqsimlangan qo‘shma tannarx
90,000 p.b.
Natijaviy jadvalni rasmiylashtirish uchun barcha ma’lumotlar tayyor bo‘ldi. Yuqoridagi
amalga oshirilgan hisob-kitob natijalarini 9.7-jadvalda rasmiylashtiramiz:
Farington Industrial Products
Ajralish Nuqtasida Baholangan Bozor Qiymati Metodi bo‘yicha Mahsulot Tannarxi
9.7 -jadval
Mahsulotlar Qo‘shma tannarx
Ajralish 
nuqtasidan
keyingi tannarx
Jami 
mahsulot
tannarxi
Jami
Birlikka
Jami
Birlikka
Jami
Birlikka
Z-800
21,000 p.b. 5.25 p.b. 5,000 p.b. 1.25
p.b.
26,000 p.b. 6.50 p.b.
Z-900
18,000
6.00
15,000
5.00
33,000
11.00
XZ-880
30,000
15.00
-
-
30,000
15.00
XZ-990
21,000
21.00
30,000
30.00
51,000
51.00
Jami
90,000 p.b.  
50,000 p.b.  
140,000 p.b.  
Bu usul ham yuqoridagi usul kabi nisbatan aniqroq ma’lumotlarni bersada, lekin
mahsulotlarning bozor qiymatini belgilashda qiyinchiliklar yuzaga kelish mumkin.
Kompaniya buxgalteriyasi aniq vaziyatdan kelib chiqib u yoki bu usulni tanlashini
belgilab olishi kerak bo‘ladi. Qanchalik vaziyat to‘g‘ri hisobga olinsa yuqoridagi usullar aniqroq
ma’lumotlarni beradi va kompaniya menedjmenti qo‘shma mahsulotlar tannarxi to‘g‘risida
ob’ektiv axborotlarga ega bo‘ladi.
3-savol. Ikkilamchi mahsulotlar hisobi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, qo‘shma mahsulot va ikkilamchi mahsulot hamda chiqindi
mahsulot o‘rtasidagi farqlar ularning qiymati bilan belgilaniladi. Ikkilamchi mahsulot qo‘shma
yoki asosiy mahsulotga nisbatan kichik qiymatga ega bo‘ladi. Ikkilamchi mahsulotni chiqindi
mahsulotlardan farq qilish talab etiladi. Ikkilamchi mahsulot chiqindi mahsulotga nisbatan
iste’mol qiymati balandroq bo‘ladi va natijada uning qiymati ham yuksakroq bo‘ladi. Boshqa bir
katta farqi ikkilamchi mahsulot asosiy mahsulotdan ajralgandan so‘ng yana qayta ishlanishi
mumkin, qaysiki bu qo‘shimcha material, mehnat va ustama xarajatlarni sarflashni zaruriyat
qilib qo‘yadi. Chiqindi mahsulotlar esa qayta ishlanmaydi.
Ikkilamchi mahsulotning sotishdan olingan daromadlarni ikkita ko‘rsatkichga ajratish
mumkin: 1) Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan yalpi daromad. Bu ko‘rsatkich ikkilamchi
mahsulotni sotishdan tushgan yalpi tushum bilan belgilanadi; 2) Ikkilamchi mahsulotni
sotishdan olingan sof daromad. Bu ko‘rsatkich ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan yalpi


daromaddan ajralish nuqtasidan keyin qayta ishlash bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni
chegirish orqali topiladi.
Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan sof daromad qo‘shma mahsulotning sotish
tannarxi yoki ajralish nuqtasigacha amalga oshirilgan qo‘shma tannarxning kamayishiga olib
boriladi.
Ikkilamchi mahsulotni hisobga olishning ikkita usuli amal qiladi:
1) 
Ikkilamchi mahsulot sotishdan olingan sof daromadni qo‘shma mahsulotning sotish
tannarxining kamayishiga olib borishi usuli;
2) 
Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan sof daroadni ajralish nuqtasigacha amalga
oshirilgan qo‘shma tannarxning kamayishiga olib borish usuli.
Ushbu usullarning qo‘llanilishini amaliy misollarda ko‘rib o‘taylik. Masalan, ishlab
chiqarish jarayoni natijasida asosiy mahsulot va ikkilamchi mahsulot olinadi. Yanvar oyi
davomida 1,000 birlik mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi quyidagicha shakllandi:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri material 23,000 p.b.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat 17,000
Ustama ishlab chiqarish 15,000

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling