Ma’ruza 1 Mavzu: Tabiiy gaz konlari va ularning asosiy parametrlari Reja


Sof gaz konidan olinadigan gazlar


Download 256.63 Kb.
bet4/11
Sana16.06.2023
Hajmi256.63 Kb.
#1508859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
маъруза 2 табиий газ конлари

1. Sof gaz konidan olinadigan gazlar. Ular og’ir uglevodorodlardan erkin bo'lgan quruq gazni namoyon etadi.
2. Neft bilan birga qazib olinadigan yo'ldosh gazlar. Ular quruq gaz, propan - butan fraksiyalari va gaz benzini aralashmasidan iborat. Neft bilan birga olinadigan gazlar quruq, yarim yog’li va yog’li guruhlarga ham bo'linadi. 1 m3 quruq gazlarning nisbiy zichligi (havoga nisbatan) 0,75 atrofida bo'ladi. Nisbiy zichligi 0,9-1,0 bo'lgan yarim yog’li gazlar tarkibida benzin miqdori 75 - 150 g ni tashkil etadi. Yog’li gazlar tarkibida benzin miqdori 150 g dan yuqori bo'ladi va nisbiy zichligi 1,15 - 1,40 gacha yetishi mumkin.
3. Gazkondensat konlaridan qazib olinadigan gazlar. Ular quruq gaz va suyuq uglevodorodli kondensat aralashmasidan iborat. Uglevodorodli kondensat o'ziga ko'proq miqdorda og’ir uglevodorodlarni, jumladan, benzinli, ligroinli, kerosinli, ba'zan og’ir moyli fraksiyalarni birlashtiradi.
Tabiiy gazlarning tarkibidagi komponentlar miqdoriga qarab quyidagi tasniflari mavjud:
1. Metan miqdoriga ko'ra (hajm hisobida %):
- past metanli 0 - 30;
- kam metanli 30 - 70;
- o'rtacha metanli 70 - 90;
- yuqori metanli 90 -100;
2. Og’ir gomologlar C2+yu miqdoriga ko'ra (hajm hisobida %):
- past miqdorli 0 - 3;
- kam miqdorli 3 - 10;
- o'rtacha miqdorli 10 - 30;
- yuqori miqdorli 30 dan ortiq;
3. Azot (N2) miqdoriga ko'ra (hajm hisobida %):
- past azotli 0 - 3;
- kam azotli 3 - 10;
- o'rtacha azotli 10 - 30;
- yuqori azotli 30 dan ortiq;
4. Karbonat IV oksidi (CO2) miqdoriga ko'ra (hajm hisobida %):
- past miqdorli 0 - 3;
- kam miqdorli 3 - 10;
- o'rtacha miqdorli 10 - 30;
- yuqori miqdorli 30 dan ortiq;

Download 256.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling