Analogli signallar deb, biror bir uzliksiz diapazonda har qanday qiymatga
ega bo„lishi mumkin bo„lgan signallarga aytiladi.
Uzliksiz signallar deganda ob‟yekt paramteriga mutanosib o„zgarib, uning
joriy holati to„g„risida axborot berib boruvchi signallar
tushuniladi.
Uzlikli(diskret) signal turida kirish parametri
o„zgarishining biror qiymatida chiqish parametri
ma‟lum bir chegaraviy qiymatga erishib sakrashsimon
o„zgaradi.
Raqamli
signallar
ma‟lumotning
uzliksiz
o„zgaruvchan parametrlarini biror bir raqamli qurilma
yordamida uzatilayotgan impulslar yoki raqamlar
ketma-ketligida ifoda etilgan shaklidir.
Axborotlarni qabul qilish, uzatish, qayta ishlash,
taqqoslash jarayonlarida va ulardan qulay formada
foydalanish maqsadlarida analogli signallarni raqamliga
va aksincha, uzliksiz signallarni diskret signallarga va
aksincha, shuningdek signallarni turli yo„nalishlarda
taqsimlash zarurati tug„ilganda maxsus o„zgartgich qurilmalar qo„llaniladi.
Analogli elektron qurilmalar uzliksiz diapazonda har qanday qiymatga ega
bo„lishi mumkin bo„lgan signallarni qabul qilish va ularga ishlov berishga
mo„ljallangan. Analogli qurilmalar o„zlarining soddaligi bilan ajralib turadi, lekin
ular
tashqi
ta‟sirga
juda
tez
beriluvchan
hisoblanadi
(temperatura
o„zgarishi,namlik va h.).
Raqamli elektron qurilmalar signallarni ma‟lum bir qonuniyat asosida
kodlashga, impulьslarning aniq qonuniyat bilan o„zgarish ketma -ketliklarini
ta‟minlashga mo„ljallangan. Raqamil elektron qurilmalarning keng tarqalishining
asosiy sababi ularning o„ta ishonchliligi, tashqi ta‟sirga juda chida mliligi,
ma‟lumotlarni uzoq vaqt saqlashga mo„ljallanganligi va hozirgi zamon integral
mikrosxemalar bilan mutanosibligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |