Ma’ruza №15 Mavzu: Neyron tarmoqlari


Download 0.95 Mb.
bet13/15
Sana05.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1749345
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
15-maruza

6. Neyron tarmoqlarning yutuqlari va kamchiliklari


NTlarning bilimlarni tasvirlash usuli sifatidagi yutuqlari:

  • bilimlarni formallshtirishning zarur emasligi, ya’ni formallashtirishning obyektlarni o’rganishga almashganligi;

  • noravshan bilimlarni tabiiy tasvirlash va ishlash tabiiy intellectual tizimidek, ja’ni inson miyasidek amalga oshiriladi;

  • parallel ishlashga yo’naltirilganligi - mos apparatli quvvatlash natijasida real vaqtda ishlash imkoniyatini ta’minlaydi;

  • ko’po’lchovli ma’lumotlar va bilimlarni ishlash imkoniyati.

NTlarning bilimlarni tasvirlash usuli sifatidagi kamchiliklari:

  • NTlar ishi natijalarini verballashtirishning va nima uchun u yoki bu qarorni qabul qilganligini tushuntirishlarning qiyinligi;

  • olingan natijalarni takrorlanishini va birqiymatliligini ta’minlashning mumkin emasligi.

Hozirgi vaqtda NTlardan foydalanib bilimlarni tasvirlashning mantiqiy va empirik usullarini bitta tizimga birlashtirish g’oyasi ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu ning natijasida semantikli NTlar, noravshan NTlar va "Ikkiyarimsharli" ETlar kabi tadqiqot yo’nalishlari paydo bo’ldi. Bu yo’nalishlardagi tadqiqotlarning maqsadi - bu shunday SIT yaratiga yo’naltirilgan bo’lib, ular xuddi insonga o’xshab o’rgatish qobiliyatiga ega bo’lishi, o’rgatishda tashqi olam parametrlari va simvolli tushunchalar hamda tushunchalar ierarxiyasi o’rtasidagi assotsiativli aloqalarni yaratishi, assotsiativli izlash va mantiqiy xulosalashni birgalikda qo’llab masalalarni yechishi kerak.


Nazorat savollari

  1. NTlar qnday elementlardan iborat?

  2. “Perseptron” qanday ishlaydi?

  3. Neyron nima va neyron tarkibiga nimalar kiradi?

  4. NTli hisoblashlarning afzalligi qanday holatlarda koʻrinadi?

  5. NT qanday murakkab masalalarni yechishda qoʻllaniladi?

  6. Mak-Kallok-Pitts neyronining formal modeli qanday?

  7. Toʻgʻri bogʻlanishli va toʻliqsiz bogʻlanishli NT sxemasini keltiring?

  8. NTlarning qanday turlari mavjud?

  9. Toʻliq bogʻlangan, iyerarxikli NTlar sxemasini keltiring?

  10. Bir qatlamli va koʻp qatlamli NTlar qanday tarmoqlar?

  11. Xopfild va Xemming NT sxemalarini keltiring?

  12. NTlar yordamida yechiladigan tanib olish, sinflash, klasterlash, approksimatsiyalash va avtoassotsiatsiyalash masalalari mohiyatini tushuntiring?

  13. NTlarni oʻrgatishning supervizorli, supervizorsiz va tasdiqlash usullarini tushuntiring?

  14. Xopfild tarmogʻida neyronlarning toʻgʻri va teskari faollashuvi sxemasini keltiring?




Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling