3. G’ovak muhitning tuzilishini tadqiq qilishning bilvosita usullari
Bevosita usullar bilan g’ovak muhitning tuzilishini o’rganish va zarur bo’lgan xarakteristikalarini olish murakkabligi tufayli bilvosita usullardan foydalaniladi. Ular g’ovak muhitning ikkita muhim baholash ko’rsatkichlarini aniqlash imkoniyatini beradi: solishtirma yuzasi va g’ovak kanallarning tarqalishi.
Solishtirma yuzani o’rganish usullari
Juda katta umumiy ho’llanish yuzasiga ega bo’lgan ko’p miqdordagi g’ovaklar va kanallar sistemasidan tashkil topgan neft va gaz kollektorlarida kapillyar va sirt-molekulyar hodisalar katta rol o’ynaydi. Bu hodisalar asosan jinsdagi qoldiq suv miqdoriga ta’sir ko’rsatadi.
Jinsning zarrachalari va g’ovaklar va kanallarning butun sistemasini tashkil etuvchi umumiy yuza solishtirma yuza bilan xarakterlanadi. Jinsning solishtirma yuzasi uni zarralarining o’lchamlari, shakli va mineralogik tarkibiga bog’liq. Jinsni tashkil etuvchi bo’lakli zarralarning donadorlik darajasi qancha katta bo’lsa, unda yupqa g’ovaklar shuncha ko’p bo’ladi va solishtirma yuzasi shuncha katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Umumiy va ichki solishtirma yuzalar ajratiladi. Umumiy solishtirma yuza jinsning hajm birligida uni tashkil etuvchi mineral zarralar va donalarning butun hajmini xarakterlaydi. Ichki solishtirma yuza barcha g’ovaklar va kanallar sistemasi yuzalari yig’indisini g’ovak muhitning umumiy hajmi birligiga nisbati bilan aniqlanadi.
Umumiy solishtirma yuzani hisoblash mavjud hisoblash formulalaridan foydalanilgan holda odatda sementlanmagan jinslarni tavsiflash uchun amalga oshiriladi.
Sementlanmagan qumli jinslarni solishtirma yuzasi quyidagi formula bilan hisoblanishi mumkin:
(9.2)
bu yerda, γ – jinsning hajmiy og’irligi, g/sm3; Δ – jinsni tashkil etuvchi zarralarning solishtirma og’irligi, g/sm3; Р – jinsning og’irligi, g; P' – jinsning berilgan fraksiyasining og’irligi, g; d – zarrachalarning diametri, sm.
Bir xil o’lchamdagi sharlardan iborat soxta tuproqning solishtirma yuzasi quyidagiga teng
(9.3)
bu yerda, m – g’ovaklik koeffitsiyenti; dsam – sharning samarali diametri, sm.
Formulaning tahlili natijasi shuni ko’rsatadiki, zarralarning samarali diametri va g’ovaklik koeffitsiyentining kamayishi bilan solishtirma yuza ortadi. Zarralar zich joylashganda (m = 0,26) soxta tuproqning solishtirma yuzasi 0,25 mm o’lchamli zarralar uchun 177,6 sm2/sm3 ni, 0,05 mm zarralar uchun esa 888 sm2/sm3 ni tashkil etadi.
Tog’ jinslari va umuman tabiiy g’ovak materiallarning ichki solishtirma yuzasi bir qator usullar yordamida o’lchanadi: optik, mikrofotografik, suyuqlikni oqib o’tishiga asoslangan, adsorbsion usul va boshqalar. Optik usul va mikrofotografiyalarni o’rganish usulida (statistik usul) g’ovaklar konturini ularning kesishishining umumiy maydoniga nisbati aniqlanadi, bu yerdan jinsning ichki solishtirma yuzasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |