Ma’ruza №15 tog‘ jinslari g‘ovak muhitining geometriyasi kollektorlik xossalarini baholash mezonlari sifatida


Kapillyar bosim – g’ovaklarni ho’llovchi faza bilan to’yinganligi” bog’liqliklarini laboratoriyada aniqlash usuli


Download 83.63 Kb.
bet8/9
Sana08.01.2023
Hajmi83.63 Kb.
#1084204
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ma\'ruza №15. Tog‘ jinslari g‘ovak muhitining geometriyasi kollektorlik xossalarini baholash mezonlari sifatida

Kapillyar bosim – g’ovaklarni ho’llovchi faza bilan to’yinganligi” bog’liqliklarini laboratoriyada aniqlash usuli

laboratoriya amaliyotida aniqlash uchun turli bosimlar farqida namunalardan yarim o’tkazuvchan membranalar orqali suyuqlikni siqib chiqarish usuli keng qo’llaniladi. Yarim o’tkazuvchan to’siqlar usuli yuqoridagi bog’liqliklarni qatlam sharoitlariga yaqin olish imkonini beradi. Ho’llash va boshqa xossalariga ko’ra model sistema qatlamga yaqinlashadi.
Og’irlikni o’lchab tajriba o’tkazishda har bir bosimda namunadan siqib chiqarilgan suyuqlikning miqdori aniqlanadi vа bog’liqlik egri chizig’i tuziladi (9.2-rasm).
Bunda olingan minimal suvga to’yinganlik sinaladigan jins namunasi olingan qatlamdagi qoldiq suv miqdoriga teng hisoblanadi. Yuqoridagi bog’liqlikning xarakteri ahamiyatli darajada g’ovak muhitning o’tkazuvchanligi k bilan belgilanadi. Bunda o’tkazuvchanlikning katta ko’rsatkichiga (k1>k2>k3) qoldiq suvga to’yinganlikning kichik ko’rsatkichi mos keladi.


Kapillyar bosim, MPa






Suvga to’yinganlik, %


9.2-rasm. bog’liqlik egri chiziqlari.

Guruhli kapillyarimetr
Qoldiq suvga to’yinganlik va kapillyar bosim orasidagi bog’liqlikni o’rnatish jinslarning kollektorlik xossalarini tavsiflash uchun ahamiyatli qiziqishni o’zida namoyon qiladi. U bilvosita yo’l bilan neftli jinsdagi qoldiq (bog’langan) suv miqdorini taxminan baholash hamda g’ovaklarning o’lchamlarini va ularning hajmiy ishtiroki (g’ovaklarning umumiy hajmida) aniqlash imkonini beradi.
G’ovak muhitni tadqiqot qilishning bilvosita usullariga yarim o’tkazuvchan membranalar usuli kiradi. Guruhli kapillyarimetr (9.3-rasm) yarim o’tkazuvchan membranalar usulida mahkamlangan kern namunalarining kapillyar bosimini aniqlash uchun mo’ljallangan. Kapillyarimetrning kamerasi zanglamaydigan po’latdan tayyorlangan va katta diametrli keramik yarim o’tkazuvchan membranalar bilan jihozlangan.


Download 83.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling