Mikrofotosuratlarni o’rganish usuli g’ovak muhitning ma’lum bir hisoblashlari bilan bog’liq. Quduqlarning fotokarotaji va quduqlarda o’tkazilgan tadqiqotlar ma’lumotlaridan foydalanishga asoslangan bu usul ochiq darzliklarning solishtirma zichligini aniqlash va darzli g’ovaklik koeffitsiyentini hisoblash imkonini beradi. Hisoblash formulasi quduqda suyuqlikning oqimi izotrop darzli jinsda yuzaga kelgan holat uchun to’g’ri bo’ladi. Formula Dyupyui va Buineska formulalaridan keltirib chiqarilgan
(9.1)
bu yerda, md – darzli g’ovaklik koeffitsiyenti; ηd – darzliklar hisobiga quduqning mahsuldorlik koeffitsiyenti, m3/kun·at; с – suyuqlikning hajmiy koeffitsiyenti; μ – dinamik qovushqoqlik, spz; Rk ва Rc – taminot konturi va quduqning radiusi, m; h – qatlamning qalinligi, m; s – darzliklarning solishtirma zichligi (fotosuratlardagi darzliklarning uzunligi yig’indisini suratlarning maydoni yig’indisiga nisbati) 1/sm.
Lyuminoforlar bilan to’yintirilgan jinslarning yuzasini o’rganish (kapillyar to’yintirish). Lyuminatsiyalovchi suyuqliklar bilan kapillyar to’yintirish usuli g’ovak muhitning tuzilish xarakteri, darzliklarning aloqadorligini aniqlash uchun foydalaniladi. Uni qo’llash maxsus jihozlarni talab qilmaydi va laboratoriya sharoitlarida oson amalga oshirilishi mumkin.
Tajribalarda foydalaniladigan lyuminatsiyalovchi suyuqliklarning tarkibi turlicha bo’lshi mumkin. Tajriba quyidagicha amalga oshiriladi. Kub shaklidagi tog’ jinslarining namunalari taxminan 10-3 mm rt.ust. ostida 6 soat mobaynida vakuumlanadi, sungra vakuum ostida lyuminofor bilan to’yintiriladi. To’yintirilgan namunalar vannadan olinadi. Ularning yuzasidan iliq suv yordamida lyuminofor ketkaziladi. Tog’ jinslari namunalari 10 minut mobaynida havoda turgandan keyin magniy oksidining maydalangan kukuni muhitiga kiritiladi. Bu darzliklar va bo’shliqlarni fotosuratda aniq ko’rishiniga imkon yaratadi. Namunaning ichki g’ovak muhitini to’ldirgan lyuminaеsiyalovchi suyuqlik darzliklar va g’ovaklar bo’ylab uning yuzasiga ko’tariladi. Lyuminofor bilan to’yintirilgandan so’ng namunalar ultrabinafsha nur manbayida rtut-kvarsli chiroq ostida ko’riladi va suratga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |