Ma’ruza №15 tog‘ jinslari g‘ovak muhitining geometriyasi kollektorlik xossalarini baholash mezonlari sifatida


Download 83.63 Kb.
bet6/9
Sana08.01.2023
Hajmi83.63 Kb.
#1084204
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ma\'ruza №15. Tog‘ jinslari g‘ovak muhitining geometriyasi kollektorlik xossalarini baholash mezonlari sifatida

Adsorbsiya usuli inert gazni fizik adsorbsiyalanish kattaligini o’lchashga asoslangan, masalan, azot yoki argonni past bosim va gazni siqilish haroratiga yaqin bo’lgan doimiy haroratda qattiq tana yuzasiga yutilishiga. Izotermik adsorbsiyalanish nazarariyasi (Brunauer, 1948) yordamida qattiq yuzani bir molekulaga qalinligidagi qatlam bilan qoplanishi uchun zarur bo’lgan gazning miqdorini aniqlash mumkin. Bitta molekula qoplaydigan maydonni bilgan holda, qattiq tananing solishtirma yuzasini hisoblash mumkin. Gazning adsorbsiyalanishi natijalariga ko’ra solishtirma yuzani hisoblash uchun BET (Brunauyer, Emmet va Teller) tenglamasidan foydalaniladi
(9.9)
bu yerda, V – adsorbirlangan bug’ning miqdori, uning hajmi gaz holatida nomal sharoitlarda o’lchanadi, mol yoki mmol; vm – monomolekulyar qobig’ hosil qila oladigan adsorbirlangan gazning miqdori, mol yoki mmol; р – adsorbirlangan qobig’ bilan muvozanatda turgan bug’ (gaz) ning bosimi, mm sim. ust.; pt – adsorbsiyalanish haroratida to’yingan bug’ning bosimi, mm sim. ust.; с – doimiy.
BET formulasi tajriba ma’lumotlaridan adsorbent yuzasiga proporsional bo’lgan Vm kattalikni hisoblash imkonini beradi.
Bu tenglamaning algebraviy o’zgarishi quyidagini beradi
(9.10)
To’yingan argon bug’ining bosimi to’yingan bug’ning bosimini haroratga bog’liqligi grafiklarida topilishi mumkin yoki quyidagi tenglama bo’yicha hisoblanadi
(9.11)
bu yerda, T – harorat, оК.
G’ovak kanallarning tarqalishini o’rganish usullari
Jinslarning g’ovak muhiti tuzilishini g’ovak kanallarning tarqalish egri chiziqlari bo’yicha laboratoriyada o’rganish usullari kapillyar bosim ma’lumotlaridan foydalanishga asoslangan.
Kapillyar bosim egri chiziqlarini olish uchun sizdirish (drenirovaniya) va to’yintirish usullari qo’llaniladi. Aksariyat minimal to’yinganlik chegarasiga ko’ra sizdirish yo’li bilan olingan kapillyar bosim egri chiziqlaridan foydalaniladi. Kapillyar bosim egri chizig’i yuza kuchlari og’irlik kuchlari bilan tenglashgandagi sistemaning statik holatini tavsiflaydi.
Kapillyar bosim egri chizig’idan quyidagi hollarda foydalaniladi: 1) kollektorning g’ovak strukturasini aniqlash uchun; 2) neft va gaz qatlamidagi qoldiq (bog’langan) suvning miqdori va tarqalishini baholash uchun; 3) namunalarda uyumni hosil bo’lish jarayonlarini laboratoriya modellashtirishda foydalanish uchun; 4) nisbiy o’tkazuvchanlik va g’ovaklardan neftni siqib chiqarish bilan bog’liq bo’lgan holatlar haqida ma’lumotlar olish uchun.
Kapillyar bosim turli usullar bilan o’lchanishi mumkin. Kapillyar bosim haqida ma’lumot olishning bevosita (yarim o’tkazuvchan membranalar, rtutni bostirib kirgizish va sentrafugalash) va bilvosita (absorbsion balans va vakuum ostida quritish) usullari mavjud. Yarim o’tkazuvchan membranalar usuli (suv yoki kerosinni kapillyar siqib chiqarish) va oldindan vakuumlagan tog’ jinslari namunasiga rtutni bostirib kirgizish usuli nisbatan keng tarqalgan.

Download 83.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling