Ma’ruza №15 tog‘ jinslari g‘ovak muhitining geometriyasi kollektorlik xossalarini baholash mezonlari sifatida


Download 83.63 Kb.
bet1/9
Sana08.01.2023
Hajmi83.63 Kb.
#1084204
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ma\'ruza №15. Tog‘ jinslari g‘ovak muhitining geometriyasi kollektorlik xossalarini baholash mezonlari sifatida


MA’RUZA №15
TOG‘ JINSLARI G‘OVAK MUHITINING GEOMETRIYASI KOLLEKTORLIK XOSSALARINI BAHOLASH MEZONLARI SIFATIDA
1. Umumiy ma’lumotlar
G’ovak sistemalarning o’zi orqali suyuq va gazsimon flyuidlarni o’tkazish qobiliyati, bu fazalarning g’ovak hajmdagi miqdori va tarqalishi, elektr va boshqa xossalari ahamiyatli darajada g’ovak muhitning geometriyasi xususiyatlari va eng avvalo g’ovak kanallarning tarqalishi bilan belgilanadi.
G’ovak muhitning geometriyasi jinslarni sizdirishdagi farqini yuzaga keltiradi. Konlarni ishlatishda g’ovaklik va o’tkazuvchanlikning ma’lum bo’lgan me’yoriy parametrlari bilan ishlash yetarli bo’lmaydi. Jinslarda g’ovak kanallarning tarqalish xarakteri haqida, kanallarning ko’ndalang kesimi va ularning miqdori haqida tasavvurga ega bo’lish lozim.
Keyingi yillarda g’ovak kanallarning tarqalish omillariga, xususan gazli va neftli jinslarni o’rganish va baholashda hamda neft va gaz qazib chiqarishda katta e’tibor qaratilmoqda.
G’ovak muhitning geometriyasi haqidagi ma’lumotlar litologik tahlil ma’lumotlari bilan birgalikda neft va gaz uchun kollektor bo’lib xizmat qiladigan jinslarning cho’kindi to’planish vaqtidagi paleogeografik sharoiti haqidagi tasavvurlarni ahamiyatli darajada to’ldiradi.
G’ovak muhit qator kattaliklar bilan tavsiflanadi. Ularga umumiy va ochiq g’ovaklik, g’ovaklarning o’lchami va ularning tarqalishi, g’ovak kanallarning egri-bugriligi va solishtirma ichki yuzasi kiradi.
G’ovakliklarning turlari yuqoridagi boblarda ko’rib chiqildi. Quyida g’ovak muhitning tuzilish xususiyatlarini u yoki bu darajada aniqlash imkonini beradigan usullar keltiriladi.
G’ovak muhitning tuzilishini tadqiq qilishda bevosita va bilvosita usullardan foydalaniladi. Bevosita usullarga quyidagilar kiradi: a) rentgen nurlari; b) jinslarning silliqlangan yuzalarini o’rganish; v) plastmassa bilan to’yintirilgan jinslardan olingan yassi parallel preparatlarni o’rganish; g) mikrofotosuratlarni o’rganish; d) lyuminoforlar bilan to’yintirilgan jinslarning yuzasini o’rganish. Bilvosita usullar guruhiga quyidagilar kiradi: a) suyuqlikning oqimidan foydalanishga asoslangan; b) adsorbsion; v) kapillyar bosimlar; g) ultratovushni eshitish va boshqalar. Birinchi ikkita bilvosita usul solishtirma yuzalarni aniqlash bilan bog’liq; g’ovak hajmda g’ovaklar o’lchamlarini tarqalishini o’rganishda uchinchi usuldan foydalaniladi va darzliklar mavjudligini aniqlashda oxirgisidan foydalaniladi.


Download 83.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling