Ma’ruza №17 bioxilmaxillikni saqlashning biogeografik asoslari reja


yil BMTning I Umumjahon kongressida har yili 5 iyunni «Xalqaro tabiatni


Download 193.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana16.06.2023
Hajmi193.14 Kb.
#1492716
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MA’RUZA №15 BIOXILMAXILLIKNI SAQLASHNING BIOGEOGRAFIK ASOSLARI

yil BMTning I Umumjahon kongressida har yili 5 iyunni «Xalqaro tabiatni 
muhofazalash kuni» deb e’lon qilindi. IIIu yili BMT Bosh Assambleyasining 
XXVII sessiyasida davlatlararo hamkorlikning tashkiliy va moliyaviy tadbirlarini 
belgilovchi «Tashqi muhigg bo’yicha BMTning ish dasturi» (YuNEP) va uni 
boshqaruvchilari Kengashi ta’sis etildi. 1973 yil (Stokgolm) mazkur kengashning 
I sessiyasida «Atrof-muhit sohasidagi harakat dasturi» muhokama qilinib, unda 
XEX ning 7 ta eng asosiy yo’nalishlari belgilab berildi. Bu dastur 
(YuNEP)ga binoan afof-muhit muhofazasiga oid tadqiqotlarni tashkil etish
muvofiqlashtirish va biosfera holatini kuzatuvchi (monitoring) stan-tsiyalarini tashkil 
etish ishlari avj oldirildi. 
Mustahkam ekologik barqarorlik va tabiat tizimini, faoliyatini ta’minlash 
uchun biologik resurslarni muhofaza qilish, ular bioxilma-xilligini saqlash muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi o’zining barqaror 
rivojlanishi uchun biologik xilma-xillik resurslarini saqlash muhim ekanini e’tirof 
etib, 1995 yilda biologik xilma-xillik to’g`risidagi Xalqaro Konvenstiyaga 
qo’shildi. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. Karimov o’zining 
“O’zbekiston XXI asr bo’sag`asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va 
taraqqiyot kafolatlari” asarida“Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, 
mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi.
Buni sezmaslik, qo’l qovushtirib o’tirish – o’z-o’zini o’limga mahkum etish bilan 
barobardir” deb aytadi. XX asrning o’rtalarida o’tkazilgan siyosat, ayniqsa, qishloq 
xo’jalik sohasining hamda O’zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarning 
biologik resurslariga jiddiy zarar etdi. Bu narsa ayrim ekotizimlarning buzilishiga 
olib keldi, boshqalarida juda og`ir iz qoldirdi va Respublikadagi umumiy ekologik 
barqarorlikni jiddiy xavf ostiga qo’ydi.
“Biologik xilma-xillik” atamasini ingliz tabiatshunosi va sayohatchisi Genri 
Beyts “Tabiatshunos Amazonkada” asarida bir soatlik sayr davomida 
kapalaklarning 700 turini uchratgani haqida taassurotlarini bayon etayotganida ilk 
bor qo’llagan. 
“Biologik xilma-xillik” yoki “Bioxilma-xillik” tushunchasi qiyosan yangi va 
hozirda ham keng ma’lum emas. U yerdagi barcha hayotning xilma-xilligini 
hayvonlar, o’simliklar, mikroorganizmlar, ularning inlari va ekotizimlarini 
anglatadi.“Bioxilma-xillik” - ma’lum bir organizm to’g`risida statistik ma’lumot 
emas, balki biologik dunyoning barcha qismlari o’rtasidagi o’zaro munosabat o’z 
aksini topgan. Ko’pincha bioxilma-xillik uch bosqichda ko’rib chiqiladi:
1)Turlar xilma-xilligi, ya’ni hayvonlar va o’simliklar xilma-xilligi, shu 
jumladan, 
qo’ziqorinlar 
va 
mikroorganizmlar.
2) Genetik xilma-xillik turlar doirasida genetik materialning xilma-xilligi.
3) Ekotizimlar xilma-xilligi (masalan: o’rmonlar, tog`lar, dasht yoki savanna 


cho’llari va boshqalar) birgalikda bu darajada xilma-xillikning tarkibiy qismlarini 
shakllantiradi. 
Bioxilma-xillik jamiyatning iqtisodiy, ekologik va madaniy estetik 
ehtiyojlarini qondirishning dolzarb va salohiyatli resursi hisoblanadi. U bo’lmasa 
jamiyatning 
barqaror 
rivojlanishi 
mumkin 
emas.
Biroq ilmiy doiralarda tan olingan, dunyo genofondi, biologik turlar va ular 
shakllantiradigan nuqtai nazardan tezlik yanada bir xillanib bormoqda.Buning 
sababi inson ta’siri bo’lib, avvalambor butun dunyo bo’ylab ishlab chiqarish, 
savdo, qishloq xo’jaligi va sanoat rivojlanishi, uy-joy qurilishi, aholi o’sishi, 
zamonaviy modellarning tez yoyilishi bois, biologik xilma-xillikka inson ta’siri 
yuksak darajada o’smoqda. Bioxilma-xillikni na iqtisodiy, na ekotizim ahamiyati 
ham keng ravishda ma’lum emas, ayrim hollarda kishilar ekotizim ichida biologik 
turlarning o’zaro bog`liqligini va qaysi bir turning yo’qolishi boshqasiga ta’siri 
oqibatini yetarlicha tasavvur qila olmayapdilar. 
XXI asrga qadam qo’yilishi bilan bioxilma-xillikning kamayishini 
sekinlashtirishi va borini saqlab qolish juda katta muammoga aylanib bormoqda. 
O’zbekiston 
va 
umuman 
jaxon 
uchun 
bioxilma-xillikning 
muhimligi
Biologik xilma-xillik ham jahon hamjamiyati uchun, ham har bir davlat uchun 
muhim hayotiy manba topishning asosida yotibdi, uni saqlash va samarali 
foydalanish 
esa 
inqirozsiz 
rivojlanish 
uchun 
mutlaqo 
zarurdir.
Uni himoya qilish va qo’llab-quvvatlash kelajak avlodlar ijtimoiy fondiga hissa 
qo’shish bilan barobar, negaki, hatto insonga mutlaqo foyda keltirmaydigan hayot 
shakllari ham hayot sharoitlarini o’zgartirishida muhim bo’lishi mumkin.Bioxilma-
xillikning shunday yovvoyi va xonaki, yoki madaniylashgan biologik turlari 
tarkibi, oziq-ovqatlarning va ko’pgina dori-darmonlarning, shuningdek, sanoat 
maxsulotlarning almashib bo’lmaydigan yagona manbai hisoblanadi. AQSh kabi 
industrial rivojlangan davlatlar yalpi milliy mahsulotining (YaMM) 4,5 % ga 
yaqini faqatgina yovvoyi turlardan foydalanishdan oladi. Kam rivojlangan 
davlatlar uchun bu raqam ancha yuqori bo’lishi mumkin. Madaniy o’simliklar 
turlari va xonakilashgan hayvonlarning zamonaviy tijorat ahamiyati ancha yuqori, 
masalan, O’zbekistonda qishloq xo’jalik mahsulotlari YaMMning 45% ini tashkil 
etadi. Ayniqsa, kam rivojlangan davlatlar uchun bu borada ko’p daromad oshish 
iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan belgilanmasada, ular xalqlar uchun hayot kechirish 
manbai hisoblanadi. 
Biologik xilma-xillik biosferani shakllantiradi, unda boshqa biologik turlar 
bilan birga inson ham istiqomat qiladi va yashovchanlik hamda muvaffaqiyat 
uning holatiga bog`liq. O’tmishda insoniyat faoliyatini tabiat jarayonlariga ta’sirini 
taqqoslanganda unchalik keng emas edi.

Download 193.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling