Ma’ruza №17 bioxilmaxillikni saqlashning biogeografik asoslari reja
O`zbekistonning “Qizil kitobi”. Dunyo “Qizil kitobi”
Download 193.14 Kb. Pdf ko'rish
|
MA’RUZA №15 BIOXILMAXILLIKNI SAQLASHNING BIOGEOGRAFIK ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo’qolgan yoki yo’qolish arafasidagi turlar.
- Noyob turlar.
3. O`zbekistonning “Qizil kitobi”. Dunyo “Qizil kitobi”.
O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»i to’g’risida. 1978 yilda O’zbekiston Fanlar akademiyasining Ilmiy Kengashi O’zbekiston «Qizil kitobi»ni ta’sis etdi. 1983 yili nashr qilingan «Qizil kitob»ning birinchi jildiga 22 turdagi sutemizuvchilar, 33 tur qushlar, 5 tur sudralib yuruvchilar, 5 tur baliqlar kiritilgan edi. «Qizil kitob»da hayvonlar soni va uning o’zgarish sabablariga, ayrim turlarning ahvoli va ularning ko’payishiga, muhofaza qilish bo’yicha belgilangan hamda mo’ljallangan tadbirlarga alohida e’tibor berilgan. SHuningdek, biotexnik tadbirlar, qo’riqlanadigan zonalar va qo’riqxonalar barpo etish, brakonerlarga qarshi kurash, kishilarning ekologik bilimini oshirish taklif etilgan. Respublikamiz «Qizil kitobi»ni har 5 yilda yangilab turish ko’zda tutilgan. «Qizil kitob»ning hayvonot dunyosini o’rganish O’zbekiston Fanlar akademiyasining Zoologiya va Parazitologiya instituti zimmasiga yuklatilgan. Hozirgi kunda «Qizil kitob»ga kiritilgan ayrim turdagi sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va baliqlar alohida nazorat ostidadir. O’zbekiston hayvonot dunyosini chuqurroq o’rganish natijasida «Qi-zil kitob»ning keyingi nashriga olimlar qoshiqburun va qorabosh qulog’ichni kiritishni tavsiya etishmoqda. O’zbekiston «Qizil kitobi»da faqat umurtqali hayvonlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Qayta chop etiladigan «Qizil kitob»da umurtqasiz jonivorlar vakillarini ham kiritish maqsadga muvofiqdir. O’zbekiston «Qizil kitobi»ning ikkinchi jildya 1984 yilda nashr etildi. Unga davlat muhofazasiga olingan yovvoyi holdagi 163 tur o’simlik kiritilgan. Ushbu «Qizil kitob»dagi o’simlik turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan tasnifiga binoan 4 toifaga ajratildi. Ular quyidagilardan iborat: 1. Yo’qolib ketgan yoki yo’qolish arafasidagn turlar. 2. Noyob turlar (ma’lum kichik maydonlarda o’zigaxos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo’qolib ketishi mumkin bo’lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar). 3. Yo’qolib borayotgan turlar. 4. Kamayib borayotgan turlar. «Qizil kitob»ning yangi nashrida muhofazaga olingan o’simlik turlari soni 400 ga boradi. Unda o’simlik har bir turining nomi, qaysi oilaga mansubligi va qisqacha ta’rifi, tarqalishi haqida ma’lumotlar keltirilgan, sxematik xaritada ularning o’sish joyi ifodalangan. SHuningdek, ilmiy ma’lumotlar asosida ta- biatdagi miqdori va ushbu tur arealining o’zgarish sa-bablari, tabiiy sharoitda ko’payish yo’llari, muhofaza qilish chora-tadbirlari haqida ma’lumotlar bayon etilgan. SHunday qilib, «Qizil kitob»ning mohiyati shundaki, u nabotot va hayvonot olamining noyob, yo’qolib ketish xavfi ostida turgan turlar haqida ma’lumot beruvchi hujjatdir. Uning vazifasi jamoatchilik va . davlat ijroiya muassasalarini tabiat muhofazasi muammosiga jalb etishda va turlar genofondini saqlab qolishga ko’maklashishdan iborat. «Qizil kitob» lar Vatanimizda o’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish borasidagi eng muhim xayrli ishlardan biri bo’lib hisoblanadi. Hayvonlarning birinchi «Qizil kitobi» 1983yilda chiqqan. Keyingisi 1994 yilda chiqarilganbo’lib, 113 turlari kiritilgan. 2006 yilda yangi«Qizil kitob» tuzildi, unga 184 turdagi hayvonlarkiritilib, avvalgisidan 71ta hayvonlar turigako’paydi. O’simliklar «Qizil kitobi» birinchi bor1979 yilda, ikkinchisi 1984 yilda va oxirgisi 1998 yilda tuzildi. Oxirgi kitobda o’simliklar 301 turibo’lib, avalgisidan 138 turga ko’p. «Qizil kitob»ga kiritilgan o’simlik turlari Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi(TMXI) tomonidan ishlab chiqilgan tasnifga binoan 4 toifaga ajratildi: 1. Yo’qolgan yoki yo’qolish arafasidagi turlar. Bir necha yillar davomida tabiatda uchratilmagan, lekin ayrim yig`ib olish qiyin bo’lgan joylardagina yoki madaniy sharoitda saqlanib qolish ehtimoliga ega bo’lgan o’simlik turlari. 2. Yo’qolib borayotgan turlar. Yo’qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlanib qolishi uchun maxsus muhofaza talab etadigan turlar. 3. Noyob turlar. Ma’lum kichik maydonlarda o’ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo’qolib ketishi mumkin bo’lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar. 4. Kamayib borayotgan turlar. Ma’lum vaqt ichida soni va tarqalgan maydonlari tabiiy sabablarga ko’ra yoki insonlar ta’siri ostida qisqarib ketayotgan turlar. Ayni vaqtda, bunday o’simliklar har tomonlama nazorat qilib turishni talab etadi. Download 193.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling