Qo’riqxona deganda insonning har qanday xo’jalik
faoliyati taqiqlangan,
tabiat kompleksi asl holida saqlanadigan hududlarga aytiladi.
Milliy bog`larda tabiatdan foydalanish, aholi
dam olishi uchun sharoitlar
ham mavjuddir.
Buyurtmaxonalarda qisman muhofaza yoki to’liq muhofaza ta’minlanishi
mumkin. Bunday alohida muhofaza qilinadigan hududlarda yo’qolib borayotgan
noyob o’simlik va hayvonlar, tabiat kompleksi muhofaza qilinadi.
O’zbekistonning qo’riqxonalarida 350
dan ortiq hayvon turlari, 700 dan
ortiq o’simlik turlari himoyaga olingan. Ulardan qoplon, buxoro bug`usi, Menzbir
sug`uri, ilvirs xalqaro (TMXI) «Qizil kitobga» kiritilgan. Alohida muhofaza
qilinadigan hududlar tartibini buzganligi uchun moddiy
va jinoiy javobgarlik
belgilangan. Mamlakatimizdagi mavjud qo’riqlanadigan hududlar to’ri biologik
xilma-xillikni samarali muhofaza qilish imkonini bermaydi.
Saqlanib qolgan
tabiiy landshaftlarda yangi qo’riqlanadigan hududlarni tashkil qilish lozimdir.
O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi
raisining 18.02.2006 y.dagi14-sonli buyrug`i bilan O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
9.03.1992
y.dagi
109-sonli
«O’zbekiston
Respublikasining Qizil kitobito’g`risida»gi qaroriga
muvofiq Qizil kitobga
kiritilgan hayvon va o’simliklar ro’yxati tasdiqlandi. Unga 184 turdagi hayvon,
shundan 47 turi umuman yo’qolib
ketish havfi ostida, 5 turi yo’qolib ketgan; 305
turdagi o’simlik kiritildi.