Маъруза №2 hujayra shikastlanishini patofiziologik asoslari ma’ruza xronometraji
Hujayra shikastlanishini quyidagi etaplarda ketadi
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
№2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujayrada protonlarni konsentratsion gradiyenti
Hujayra shikastlanishini quyidagi etaplarda ketadi:
1) Boshlang‘ich o‘zgarishlar fazasi 2) Qaytadigan o‘zgarishlar fazasi 3) Qaytmaydigan o‘zgarishlar fazasi 4) Nekroz yuzaga chiqish fazasi 1-fazada fiziologik sharoitlarda O 2 diffuziya yo‘li bilan mitoxondriya ichiga bemalol kira oladi, natijada elektronlar transport tizimida, mitoxondriya elektronning oxirgi akseptoriga aylanadi, bu nafas zanjiri deb ham ataladi. Bu zanjirda mitoxondriyani ichki membranasi orqali protonlarni vektor siljishi yuz beradi. Hujayrada protonlarni konsentratsion gradiyenti neorganik fosfat va ADFdan, ATF hosil bo‘lishini, hamda Sa +2 ni sitoplazmadan mitoxondriyaga o‘tishini ta’minlaydi. Bunda Na + va N + ionlari muhim rol o‘ynaydi. Agar, hujayrada O 2 kamaysa yoki mitoxondriyaga butunlay kirmay qo‘ysa, nafas zanjiri bo‘yicha elektronlar transporti to‘xtaydi, natijada protonlarni konsentratsion gradiyenti hosil bo‘lmaydi. Ushbu gradiyentni yo‘qolishi bir necha buzilishlarga olib keladi. 1) Sa +2 mitoxondriya ichiga kirishi keskin buziladi. 2) Aksincha, Sa +2 ni mitoxondriyadan sitoplazmaga chiqishi kuzatiladi, chunki u 1000 marta mitoxondriyada ko‘p bo‘ladi. 3) Na + mitoxondriyadan chiqishi va ATF sintezi ham to‘xtaydi. Bu jarayonlar bir necha daqiqa davom etadi. Bu holatda, hujayra sitoplazmasida AMF va RO 4 -3 konsentratsiyasi ko‘payib ketadi: ATF = nisbati o‘zgaradi, shu bilan birga Sa +2 konsentratsiyasi ham ortib ADF+AMF ketadi. Ma’lumki, Sa +2 proteinkinaza fermentini aktivlashtiradi, natijada noaktiv fosforilaza V, aktiv fosforilaza A ga aylanadi, bu esa glikogenni parchalaydi, buning natijasida sitoplazmada glikolizni birinchi substraktlari hosil bo‘ladi. Bu vaqtda AMF, fosfofruktokinazani aktivlaydi, bu esa glikolizni yanada kuchaytiradi. Glyukozani parchalanishidan hosil bo‘lgan piruvat kislota, oksidlanish dekorboksillanishga uchramaydi, natijada hujayrada atsetil –K o A hosil bo‘ladi. RN ning pasayishi (N + kont. ortishi) hujayra sitoplazmasida quyidagi o‘zgarishlarni chaqiradi, ya’ni fosfofruktokinaza aktivligini pasayishiga, bu glikoliz intensivligini susayishiga olib keladi, bu paytda ATF sintezi sezilarli darajada ozayib ketadi, bu esa quyidagi o‘zgarishlarga olib keladi: a) membrana o‘tkazuvchanligini ortishiga, membrana orqali ionlarni passiv o‘tishi kuzatiladi. b) mitoxondriyadan K + bilan birga suv ham chiqa boshlaydi. Suvning bunday siljishi endoplazmatik retikulum strukturasiga ta’sir etadi va natijada kengayib ketadi. ATF kamayishi hisobiga, oqsil sintezi to‘xtaydi, yadro xromatini periferiyaga tomon siljiy boshlaydi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling