Маъруза №2 hujayra shikastlanishini patofiziologik asoslari ma’ruza xronometraji
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
№2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Membranadagi fosfolipazalarni aktivatsiyasi
- Erkin yog‘ kislotalarni plazmatik membranaga detergent ta’siri
Birinchi mexanizm. Lipidlarni perekis oksidlanishidan ko‘plab birlamli erkin
radikallar hosil bo‘ladi. Bunday xolatda, hujayradagi antioksidant tizimi ushbu reaksiyalarni to‘xtata olmaydi. LPO hujayraga UFN, ion nurlar, giperoksiya, ayrim zaharlar (to‘rtxlorli uglerod), kuchli stress paytida (katexolaminlardan ozod radikallar hosil bo‘lishi), D gipervitaminoz ta’siridan yuzaga keladi. Ikkinchi mexanizm lipidlarni perekis oksidlanishini aktivlashuvi hujayra antioksidant tizimi funksiyasini buzilishi bilan tushintiriladi. Ushbu tizim faoliyatini buzilishiga, antioksidant fermentlar sintezini buzilishi (katalaza, glutation peroksidaza, glutationreduktaza), temir, mis, vitamin YE, S yetishmovchiligi, pentoz siklini buzilishi hamda irsiy deffektlar sabab bo‘ladi. 2. Membranadagi fosfolipazalarni aktivatsiyasi Ushbu mexanizmda, hujayra membranasining fosfolipaza – A 2 fermentining xaddan ziyod aktivlashuvi yotadi. Aktivlashgan ushbu ferment to‘yinmagan yog‘ kislotalarni parchalaydi, natijada araxidon, penton kislotalari hosil bo‘ladi, ushbu kislotalar ta’sirida prostaglandin va leykotriyenlar sintezlanadi, ushbu moddalar hujayra membranasiga detergentlik xususiyatni namoyon qiladi. Fermentlarni bunday aktivlashuviga hujayra sitoplazmasidagi ko‘p miqdordagi Sa +2 sabab bo‘ladi. 3. Erkin yog‘ kislotalarni plazmatik membranaga detergent ta’siri Erkin yog‘ kislotalarni ortiqcha miqdori membranani ikki qavatli lipid qismiga buzuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ortiqcha yog‘ kislotalarni hujayra membranasiga buzuvchi ta’sirini 4 ta mexanizm yordamida tushuntirish mumkin. a) giperlipotsidemiyada paytida xujayra ichiga erkin yog‘ kislotalarni ko‘plab kirishi (yog‘ to‘qimasi lipolizini aktivlashuvi, stress, qandli diabet va boshqalar). b) lizosomalarda, lipoproteidlarning triglitserid qismidan, erkin yog‘ kislotalarni sintezini kuchayishi, bu asosan aterosklerozga olib keluvchi giperlipopreteinemiyada uchraydi. v) yuqorida aytilgan fosfolipazalar ta’sirida membrana fofolipidlaridan, erkin yog‘ kislotalarni ko‘plab hosil bo‘lishi. g) erkin yog‘ kislotalardan energiya manbai sifatida foydalanishni buzilishi, bunday xolatni ayrim fermentlarni aktivligi pasayganda, Krebs sikli buzilganda va gipoksiyada uchratish mumkin. Hujayradagi antioksidant tizim to‘g‘risida I. Fermentli antioksidant tizim: 1. Superoksiddismutazli, uning komponenti superoksiddismutaza, katoloza. H 2 O 2 katalaza 2H 2 O+O 2 Agar, rux va temir elementlari yetishmasa, yuqoridagi fermentlar sintezi buziladi. 2. Glutatsion, uning kamponenti glutation, glutationperoksidaza, glutationreduktaza, NADF.N 2 . Ushbu tizim irsiy va ortirilgan tarzda buzilishi mumkin, asosan pentoz siklini buzilishi (NADF.N 2 hosil bo‘lishini pasayishi). II. Noferment antioksidant tizim 1. “Haqiqiy” antioksidantlar Komponentlar: tokoferollar, uboxinonlar, naftoxinonlar, flavonoidlar, steroid gormonlar, biogen amillar. Agar vitamin YE yetishmasa, “haqiqiy” antioksidantlar sintezi buziladi. 2. Yordamchi antioksidantlar komponentlari: askarbin kislota, oltingugurt ushlovchi birikmalar, gulitation, sistin, sistein. Agar vitamin S, pentoz sikli buzilsa, oltingugurt ushlovchi moddalar yetishmasa yordamchi antioksidantlar sintezi buzilishi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling