2-fazada hujayra organellalari turli darajada degradatsiyaga uchraydi.
Mitoxondriyaning matriksida Sa
+2
ko‘p to‘planadi, O
2
kam bo‘lganligi uchun
ADF ko‘payib ketadi, fosforlanish buzilganligidan mitoxondriyada kondensatsiya holati
kuzatiladi. Mitoxondriyani ichki membranasini o‘tkazuvchanligi ortib ketadi, natijada
matriksda Na
+
va suv to‘planadi, mitoxondriyaning hajmi ortib ketadi.
RN ni kamayib ketishidan, undagi oqsillarni denaturatsiyasiga olib keladi, Sa
+2
ushlovchi mayda xlopelar hosil bo‘ladi.
Ushbu fazada endoplazmatik retikulum membranasida hech qanday
strukturaviy o‘zgarishlar ro‘y bermaydi, lekin membranasini o‘tkazuvchanligi ortib
ketadi.
Sitoplazmatik membrana uzoq vaqt o‘z formasini ushlab turadi. Lekin ATF
kam bo‘lganligi uchun “mikrofibrilalar” funksiyasi buziladi, ya’ni ular qisqargan holga
kelib qoladi, buning natijasida membrana ochiladi. ATF yetishmasligidan membranada
ATF faza fermenti aktivligi pasayadi, bu esa membrana o‘tkazuvchanligini ortishiga
olib keladi.
Hujayra yadrosida xromatinni qayta taqsimlanishi buziladi.
Bu fazada lizosomada hech qanday strukturaviy o‘zgarishlar ro‘y bermaydi,
shakli o‘zgarmaydi lizosomal fermentlar hujayra sitoplazmasiga chiqmaydi.
3- qaytmaydigan o‘zgarishlar fazada hujayra strukturaviy va metobolitik o‘zgarishlar
boshlanadi. Hujayra mustaqil hayot kechira olmaydi, u erkin energiya hosil qilmaydi,
organizm ichki muhiti doimiyligini ushlashda ishtirok etmaydi, bu vaqtga kelib
organizmda katobolizm jarayonlari ustun turadi.
Hujayra ichi va hujayralar aro bo‘shliqda ionlar konsentratsiyasi tenglashadi.
Hujayradan ionlar bilan birga oqsillar va fermentlar chiqib ketadi, bu hujayra ichi
gomeostazini batamom buzilishiga olib keladi.
Barcha mitoxondriyalar bukib, ATF sintezi keskin buziladi, lekin nafas
fermentlarini aktivligi hali saqlanishi mumkin.
Bu vaqtda ribosoma, sitoplazmatik membrana va lizosomalarda ham kuchli
o‘zgarishlar ketadi.
4-fazada hujayralarni kuchli dezintegratsiyasi ro‘y beradi, yangi morfologik
hosilalar paydo bo‘ladi.
Ushbu fazada progressiv tarzda DNK, RNK va oqsillar parchalanishi kuzatiladi,
bu esa nordon erigan fosfat va aminokislotalar hosil bo‘lishiga olib keladi. Nordon
lizosomal fermentlar chiqib, yadro strukturasini parchalaydi va 2-3 kun davomida
nekroz kelib chiqadi.
Hujayra zararlanganda juda ko‘plab himoya-moslashuv reaksiyalar ishga tushadi,
ularni ikki guruxga bo‘lish lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |