Маъруза №2 hujayra shikastlanishini patofiziologik asoslari ma’ruza xronometraji


Hujayra shikastlanishini sinflanishi


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana08.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1250591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
№2

Hujayra shikastlanishini sinflanishi 
1) Hujayra shikastlanishining tezligi va namoyon bo‘lishiga ko‘ra: o‘tkir va 
surunkali bo‘lishi mumkin, o‘tkir shikastlanish bir marta, intensiv ta’sirlarga 
javoban yuzaga chiqsa, surunkali shikastlanish intensivligi birmuncha past 
bo‘lgan ta’sirotlarga javoban sekinroq namoyon bo‘ladi. 
2) Hujayra ichi gomeostazini buzilishi darajasiga ko‘ra: qaytar va qaytmas 
ko‘rinishlari mavjud. 
3) Zararlovchi ta’sirni hujayra yashash siklini qaysi davriga berilishiga qarab: 
mitotik va interfazli bo‘ladi. 
4) Hujayra zararlanishini patogenetik mexanizmiga ko‘ra: majburiy va sitopatik 
formalari tafovutlanadi. Majburiy shakastlanish qachonki sog‘lom hujayralarga 
fizik, ximik va biologik omillar ta’sir etganda yuzaga chiqadi. Bunday ta’sirlarga, 
o‘zining hususiy gomeostazini ushlab turuvchi mexanizmlari rivojlanmagan, 
lekin funksional aktivlikka ega bo‘lgan hujayralar moyil bo‘ladi. 
Sitopatik 
shakastlanish, 
hujayralarning 
birlamchi 
ximoya-kompensator 
gomeostatatik mexanizmlari buzilishidan yuzaga keladi. Shikastlovchi ta’sirlar tabiiy 
sharoitlarda yuzaga keladi (gipoksiya, ochlik, atsidoz, gipovitaminoz, genetik 
deffektlar). Sitopatik shikastlanishga tabiiy sharoitda funksional aktivligi yuqori 
(neyronlar, miokardiotsitlar) bo‘lgan hujayralar moyil bo‘ladi. 
Etiologiya  
Bevosita (birlamchi) 1. Fizik (mexanik ta’sir, yuqori va past harorat, ion nurlari, 
osmotik bosimni o‘zgarishi). 
Mexanik omillar, hujayra strukturasi va subhujayra tuzilmalari membranasini 
buzadi. 
- haroratni o‘zgarishi, m: hujayra yashayotgan muhit haroratini 45-50
o

ko‘tarilishi oqsillar, nuklein kislotalar denaturatsiyasi, lipoproteid komplekslar 
dekompozitsiyasiga sabab bo‘ladi va hujayra membranasi o‘tkazuvchanligini 
kuchaytirib yuboradi. Haroratni pasayishi, metobolitik jarayonlarni susayishi yoki 
butunlay buzilishiga, hujayra ichi suyuqligi kristallizatsiyasiga, bu esa membranani 
buzilishiga olib keladi. 
- hujayrada osmatik bosimni ortishi, unda to‘la parchalanmagan organik 
moddalar va ionlar to‘planishidan yuzaga keladi, natijada osmatik gradiyent natijasida, 
suyuqlik hujayra ichiga kiradi, oqibatda hujayra bo‘kadi, shishadi va yoriladi. 
- hujayrada osmatik bosim pasayganda, hujayra suvsizlanadi, oqibatda burishib 
(piknoz) qoladi yoki o‘ladi. 
- ion nurlar ta’sirida erkin radikallar paydo bo‘ladi, membranada oksidlanish 
jarayonlari kuchayib ketadi, hosil bo‘lgan mahsulotlar hujayrani shikastlaydi. 
Ximik omillar asosan ekzogen harakterga ega bo‘ladi, asosan organik va 
anorganik kislotalar, asoslar, og‘ir metall tuzlari, ba’zida metobolizm mahsulotlari. M: 
sianidlar sitoxromoksidaza faolligini susaytiradi, etonal fermentlarni ingibirlaydi, 
margumush tuzlari piruvat-oksidaza fermenti faolligini susaytiradi. 
Dori-darmonlarni noto‘g‘ri qo‘llash ham hujayra shikastlanishi chaqirish 
mumkin, m: strofantin ko‘p ishlatilganda, miokard membranasidagi K
+
va Na
+
nasoslari, 


ATF faza fermenti faolligini susaytiradi, insulinni ko‘p ishlatilishi glikogen zahirasini 
keskin ozaytirib yuboradi. 
Biologik omillar hujayra faoliyatini, unda kechadigan metobolitik reaksiyalarni, 
hujayra o‘tkazuvchanligi, membrana butunligi, fermentlar faoliyatini izdan chiqaradi. 
Shuningdek, allergik va immun jarayonlar ham hujayrani shikastlashi mumkin. 
2.Ximik (kislota, ishqor, past molekulyar organik birikmalar, fermentlar). 
3.Biologik (viruslar, bakteriyalar, soddalilar, zamburug‘lar). 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling