МАЪРУЗА №2
HUJAYRA ShIKASTLANIShINI
PATOFIZIOLOGIK ASOSLARI
MA’RUZA XRONOMETRAJI:
1. Ma’ruzaga ajratilgan vakt
–
90 minut
2. Talabalar bilan salomlashish, Uzbekiston, shu
jumladan viloyatimizda ruy berayotgan
olamshumul uzgarishlar xakida komil talabaning
ma’naviy kiyofasi tugrisida kiskacha suxbat,
ma’ruza mavzusini e’lon kilish
-
5 minut
3. Ma’ruza mavzusini kirish kismini taxlili
-
15 minut
4. Mavzuni asosiy kismini dolzarb muammolarini
yoritish
-
60 minut
5. Talabalar ma’ruzani kanday uzlashtirilganini
bilishga karatilgan savol javoblar
-
10 minut
6. Ma’ruza 2 kismdan iborat bulib, 45 minutdan sung,
talabalarga 5 minutdan tanaffus beriladi
REJA:
1. Hujayra shikastlanishi haqida tushuncha
2. Shikastlanishni keltirib chiqaruvchi omillar
3. Hujayra shikastlanganda yuzaga chiqadigan belgilar
4. Hujayra shikatlanishini patogenezi
5. Hujayra shikastlanishini etaplari
6. Hujayra shikastlanganda yuzaga chiqadigan himoya-moslashuv reaksiyalar
7. Hujayra shikastlanishini tipik formalari
Kalit suzlar: Utkir va surunkali shikastlanish, majburiy
va sitopatik shikastlanish,
kaytar va kaytmas shikastlanish, lipidlarga
boglik shikastlanish, oksillarga boglik
shikastlanish, nuklein kislotalarga boglik shikastlanish, osmotik shikastlanish, atsidotik
shikastlanish,
kalsiyga boglik shikastlanish, distrofiya,
displaziya, atrofiya, bionekroz,
nekroz.
Hujayra patofiziologiyasi muammosi hozirgi patologiya masalalari ichida alohida
o‘rin tutadi.
Birinchidan, bu muammo kasalliklarning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan uzviy
bog‘liq, chunki organizmdagi har qanday patologik jarayon
hujayra shikastlanishidan
boshlanadi.
Ikkinchidan, klinik amaliyotda shikastlangan a’zo va to‘qimalar faoliyatini
tiklashning ko‘proq qo‘llanishi, hujayrada vujudga kelgan al’teratsiya
shikastlanish
darajasini susaytirish va butunlay yo‘qotish mexanizmlari bilan ro‘yobga chiqadi.
Uchinchidan, molekulyar patologiyani yangi yutuqlari, ularning o‘rni va
ahamiyatini, hujayra patologiyasi nuqtai nazaridan aniqlash mumkin.
Hujayra shikastlanishi tipik patologik jarayon bo‘lib,
uning asosida hujayra ichi
gomeostazini buzilishi yotadi, ohir-oqibat hujayraning
bir butunligi va funksional
faoliyatiga putur yetadi.