Маъруза №2 hujayra shikastlanishini patofiziologik asoslari ma’ruza xronometraji
Hujayra shikastlanishini sinflanishi
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
№2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiologiya Bevosita (birlamchi)
Hujayra shikastlanishini sinflanishi
1) Hujayra shikastlanishining tezligi va namoyon bo‘lishiga ko‘ra: o‘tkir va surunkali bo‘lishi mumkin, o‘tkir shikastlanish bir marta, intensiv ta’sirlarga javoban yuzaga chiqsa, surunkali shikastlanish intensivligi birmuncha past bo‘lgan ta’sirotlarga javoban sekinroq namoyon bo‘ladi. 2) Hujayra ichi gomeostazini buzilishi darajasiga ko‘ra: qaytar va qaytmas ko‘rinishlari mavjud. 3) Zararlovchi ta’sirni hujayra yashash siklini qaysi davriga berilishiga qarab: mitotik va interfazli bo‘ladi. 4) Hujayra zararlanishini patogenetik mexanizmiga ko‘ra: majburiy va sitopatik formalari tafovutlanadi. Majburiy shakastlanish qachonki sog‘lom hujayralarga fizik, ximik va biologik omillar ta’sir etganda yuzaga chiqadi. Bunday ta’sirlarga, o‘zining hususiy gomeostazini ushlab turuvchi mexanizmlari rivojlanmagan, lekin funksional aktivlikka ega bo‘lgan hujayralar moyil bo‘ladi. Sitopatik shakastlanish, hujayralarning birlamchi ximoya-kompensator gomeostatatik mexanizmlari buzilishidan yuzaga keladi. Shikastlovchi ta’sirlar tabiiy sharoitlarda yuzaga keladi (gipoksiya, ochlik, atsidoz, gipovitaminoz, genetik deffektlar). Sitopatik shikastlanishga tabiiy sharoitda funksional aktivligi yuqori (neyronlar, miokardiotsitlar) bo‘lgan hujayralar moyil bo‘ladi. Etiologiya Bevosita (birlamchi) 1. Fizik (mexanik ta’sir, yuqori va past harorat, ion nurlari, osmotik bosimni o‘zgarishi). Mexanik omillar, hujayra strukturasi va subhujayra tuzilmalari membranasini buzadi. - haroratni o‘zgarishi, m: hujayra yashayotgan muhit haroratini 45-50 o S ko‘tarilishi oqsillar, nuklein kislotalar denaturatsiyasi, lipoproteid komplekslar dekompozitsiyasiga sabab bo‘ladi va hujayra membranasi o‘tkazuvchanligini kuchaytirib yuboradi. Haroratni pasayishi, metobolitik jarayonlarni susayishi yoki butunlay buzilishiga, hujayra ichi suyuqligi kristallizatsiyasiga, bu esa membranani buzilishiga olib keladi. - hujayrada osmatik bosimni ortishi, unda to‘la parchalanmagan organik moddalar va ionlar to‘planishidan yuzaga keladi, natijada osmatik gradiyent natijasida, suyuqlik hujayra ichiga kiradi, oqibatda hujayra bo‘kadi, shishadi va yoriladi. - hujayrada osmatik bosim pasayganda, hujayra suvsizlanadi, oqibatda burishib (piknoz) qoladi yoki o‘ladi. - ion nurlar ta’sirida erkin radikallar paydo bo‘ladi, membranada oksidlanish jarayonlari kuchayib ketadi, hosil bo‘lgan mahsulotlar hujayrani shikastlaydi. Ximik omillar asosan ekzogen harakterga ega bo‘ladi, asosan organik va anorganik kislotalar, asoslar, og‘ir metall tuzlari, ba’zida metobolizm mahsulotlari. M: sianidlar sitoxromoksidaza faolligini susaytiradi, etonal fermentlarni ingibirlaydi, margumush tuzlari piruvat-oksidaza fermenti faolligini susaytiradi. Dori-darmonlarni noto‘g‘ri qo‘llash ham hujayra shikastlanishi chaqirish mumkin, m: strofantin ko‘p ishlatilganda, miokard membranasidagi K + va Na + nasoslari, ATF faza fermenti faolligini susaytiradi, insulinni ko‘p ishlatilishi glikogen zahirasini keskin ozaytirib yuboradi. Biologik omillar hujayra faoliyatini, unda kechadigan metobolitik reaksiyalarni, hujayra o‘tkazuvchanligi, membrana butunligi, fermentlar faoliyatini izdan chiqaradi. Shuningdek, allergik va immun jarayonlar ham hujayrani shikastlashi mumkin. 2.Ximik (kislota, ishqor, past molekulyar organik birikmalar, fermentlar). 3.Biologik (viruslar, bakteriyalar, soddalilar, zamburug‘lar). Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling