Monitor (displey) – matnli yoki grafik ko`rinishidagi ma`lumotlarni tasvirlash uchun xizmat qiladi;
Klaviatura – belgilarni kompyuterga kiritishda ishlatiladi;
Tizimli qism–kompyuterishini boshqarishni ta`minlaydigan asosiy qism hisoblanadi;
Tizimli qism tarkibiga quyidagilar kiradi:
Mikroprotsessor – kompyuterning “miya”si. Kompyuterga kiritiluvchi buyruqlar majmuasini, ma`lumotlar almashinuvini ta`minlash va hisoblashni bajaradi.
Joriy xotira – kiritiluvchi ma`lumot va dasturlarni xotirada saqlaydi.
Qattiq magnitli disk (vinchester) yoki yupqa disket jamlovchilarni ma`lumotlarni o`qish va yozishni ta`milaydi.
Monitor (displey) – matnli yoki grafik ko`rinishdagi ma`lumotlarni ekranga chiqarish uchun mo`ljallangan qurilma hisoblanadi.
Monitor bevosita videodaptapter qurilmasi boshqaruv asosida matnli yoki grafikli rejimida ishlaydi.
Matnli rejimda kompyuter ekrani 25 satr va 80 ustunga bo`linadi. Hozirgi paytga kelib satrlar soni ekranda 50 taga oshirilishi mumkin. Grafikli rejimda esa ekran televizor ekrani kabi u yoki bu rangga ega bo`lgan nuqtalar majmuasi (mozaika) gab o`yaladi. Bu nuqtalar soni va rang-baranglik darajasi kompyuterda ishlatilayotgan adapterlarning turiga bog`liq bo`ladi. Ayni vaqtda EGA (Enhanced Graplic Adapter – imkoniyatni keng grafikli adapter), VGA (Video Graphic Array – videografik matritsa), SVGA (Super VGA) turli rangli monitorlar nihoyatda keng tarqalgan. Bu adapterlar yordamida ekranda 256 xil rangli 800x1300 tagacha bo`lgan nuqtalarni hosil qilishimiz mumkin.
Klaviatura – kompyuterga har xil belgilarni kiritishni ta`minlaydi va foydalanuvchi kompyuter ishini boshqarishda ishlatiladi. Klaviatura tugmalari oddiy, boshqaruvchili va vazifali bo`ladi. Oddiy tugmalar faqat bir belgili xotiraga kiritish uchun xizmat qiladi. Vazifali (F1-F12) tugmalar joriy dastur muhitiga muvofiq ravishda vazifasi turlicha bo`lishi mumkin. Boshqaruvchi (Alt, Shift, Ctrl) tugmalar klaviatura tugmalari vazifasini qozgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |