Ma’ruza 3 Ifodali o’qishda urg`u, pauza, temp va ritmning roli reja
Sintaksisning stilistik imkoniyatlari
Download 21.22 Kb.
|
3-ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alliteratsiya
- Ritorik sо‘roq
Sintaksisning stilistik imkoniyatlari. Sintaktik stilistika birliklarini belgilash bu sohaning predmetini belgilash demakdir. Ritorika, poetika, adabiyot nazariyasida sintaktik figuralar deb atalgan qurilmalar stilistik snntaksis vositalari deb qaraladi. Bundan tashqari, o`rinli va original qo`llangan sintaktik qurilmalar ham stilistik vositalar bo`lib xizmat qiladi.
Antik ritorikadan boshlab sintaktik figuralar deb atalayotgan hodisalar (ritorik so`roq, ellips, gradatsiya, band, anafora, epifora, takror, antiteza kabilar) badiiy-poetik sintaksis birliklari hisoblanadi. O`zbek tili badiiy-poetik sintaksisi elementlari haqida fikr yuritilganda ham, shular tilga olinadi.Булардан айримларига қуйидагича қисқа таъриф бериш мумкин: Alliteratsiya – Badiiy matnda nutq tovoshlarining takrorlanib kelishi. Assonans - badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsional – ekspressivlik bag`ishlash maqsadida qо‘llaniladigan fonetik usullardan biri assonansdir. Emotsional gaplar - Sо‘zlovchining о‘ta xursandlik yoki о‘ta xafalik holatlarini yoki qahramonning his-hayajonini, voqea-hodisaga emotsional munosabatini ifodalovchi gaplar emotsional gaplar hisoblanadi. Ritorik sо‘roq gaplar ham badiiy matnning emotsional-ekspressivligini ta’minlovchi uslubiy vositalaridan hisoblanadi. Ular javob talab qilmaydigan so`roq gaplar ma'nosida ishlatiladi. Bunday gapdlarda ma'no tashuvchilik funktsiyasidan ko`ra estetik ta'sirchanlikni oshiruvchilik vazifasi yuqori turdi. Masalan badiiy adabiyotdan ritorik so`roq gaplarga misol: Mashrab osilganda qayoqda eding? Cho`lpon otilganda qayoqda eding? Surishtirganmisan, Qodiriyni yo? Qalqon bo`lganmiding, kelganda balo? Nimasan, qandayin sehrli kuchsan? Nechun tomoshagabunchalik o`chsan? Qarshingda hasratli o`yga tolaman, Qachon xalq bo`lasan, ey sen olomon? (A.Oripov) Inversiya deb gap bо‘laklarining о‘rin almashinishi, yoki gap bо‘laklari joylashish tartibining ma’lum bir maqsad bilan о‘zgarishi hodisasiga aytiladi. Inversiya og`zaki nutqqa xos xususiyat. Инверсия айниқса шеърий нутқда фоал қўлланиладиган ва қўл келадиган тушунча бўлиб, шеър оҳанги ва маъносини англаш ва илғашда муҳим аҳамият касб этади. Download 21.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling