Ma’ruza №32 – Chekli elementlar usulini qo’llaydigan zamonaviy muhandislik dasturlari. Ma’ruza rejasi


Download 321.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana21.04.2023
Hajmi321.19 Kb.
#1374945
  1   2
Bog'liq
Ma’ruza №32 – Chekli elementlar usulini qo’llaydigan zamonaviy muhandislik dasturlari




Ma’ruza № 32 – 
Chekli elementlar usulini qo’llaydigan zamonaviy 
muhandislik dasturlari.
 
 
Ma’ruza rejasi: 
1. Zamonaviy chekli-elementli tahlil dasturlari obzori 
2. Ana shunday dasturlar imkoniyatlari
 
Kalit suzlar: Model, parametr, yuklamalar yuzasi bo‘ylab hisob-kitob, grafika, 
dastur, Ansys, Solid Simulatiyon. 
1. Zamonaviy chekli-elementli tahlil dasturlari obzori 
Ilm-fan va texnika rivojining zamonaviy bosqichida mahsulotlar va 
konstruksiyalar loyihalashtirilishini SAPRsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ko‘p sonli va 
turli-tuman SAD/|SAM/SAE-dasturlari orasida chekli-elementli tahlil paketlari 
alohida muhim o‘rin tutadi. Ular yordamida hal etiladigan masalalar doirasi 
muhandislik 
hisob-kitoblarining 
deyarli 
barcha 
sohalarini 
qamrab 
oladi: 
mustahkamlik, tebranishlar, turg‘unlik, dinamika, akustika, gidrodinamika
aerodinamika va h.k. Chekli-elementli dasturlar ixtisoslashuvining, shu bilan birga 
chekli-elementli tahlil dasturlarining (FEA-paketlar) to‘liq ro‘yxatini taqdim 
etishning imkoni yo‘q. Biroq eng ko‘p tarqalgan chekli-elementli dasturlarning 
qisqacha obzorini berish nafaqat mumkin, balki bu foydali hamdir. FEA-paketlar 
foydalanuvchilarida (yoki potensial foydalanuvchilarida) ko‘pincha bir paketning 
boshqasidan ustunligi haqida fikr hosil bo‘lib, bu ko‘p jihatdan raqobatchi dasturiy 
mahsulotlar to‘g‘risida axborot yo‘qligidan kelib chiqadi. Aksariyat texnik 
OO‘Yularda rasmiy faqat birgina paketdan foydalanilib, boshqalarining imkoniyatlari 
hatto ko‘rib chiqilmasligi ham bunda muhim o‘rin tutadi.
Ana shundan so‘ng bu tizimlarning ustuvor jihatlari va qo‘llanish sohalariga 
oid hech nima bilan asoslanmagan “afsonalar” paydo bo‘ladilar. 
FEA-dasturlar bozorida ANSYS paketi yetakchi ekanligiga hech kim shubha 
qilmasa kerak. Ko‘p sonli legal (rasmiy) foydalanuvchilari (bir milliondan ortiq), 



e’lon qilingan katta imkoniyatlari, hamda ushbu paketdan foydalanilayotgan 
kompanilar, shuningdek narxining balandligi (obatda bu yuksak sifat haqida tasavvur 
uyg‘otadi), uskunalarga taqdim etiladigan eng yuqori talablar (5.5.1 versiyasi uchun 
256 Mbayt operativ va 96 Mbayt videoxotiraga ega bo‘lgan kompyuter tavsiya 
etiladi) ham shundan dalolat beradi. ANSYS paketiga doir batafsil ma’lumotni 
ANSYS kompaniyasining rasmiy sayti — 
http://www.ansys.com
yoki (rus tilidagi, 
qisqartirilgan varianti) Rossiya bo‘ylab tarqatuvchisi - (SAD-FEM-Russia 
kompaniyasi) saytida — 
http://www.cadfem.ru
topish mumkin. Bu tizimning real 
yutug‘i va fazilati to‘liq hujjatlariga va yordam berish tizimiga egaligidadir. Bu 
yaxshigina 
bazaviy 
(masalan, 
mexanika bo‘yicha) bilimga ega bo‘lib, 
foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilmay turib dasturdan 
foydalanish imkonini beradi. Chekli elementlar ko‘pligiga (100 dan ortiq) qoyil 
qolmay iloj yo‘q, ammo ulardan ba’zilaridan faqat o‘ta yuqori malakali mutaxassislar 
foydalana oladilar. Oddiy foydalanuvchilarning aksariyati ularni noto‘g‘ri 
qo‘llaydilar. 
Tizimga 
quyidagi 
manzilda: 
http://www.onelist.com/archives.cgi/xANSYS/
a’zo bo‘lish arxivini ko‘rish, ye-mail 
ni (sarlavha va xabarsiz) 
xansys-subscribe@onelist.com
 manzilga jo‘natish bilan esa 
unga a’zo bo‘lish mumkin. 
ANSYS firmasiga bog‘liq bo‘lmagan tarqatish (jo‘natish) ro‘yxatining faolligi 
(bir sutkada taxminan 15 ta xabar) firma tomonidan o‘z foydalanuvchilari real 
qo‘llab-quvvatlanmasligidan dalolat beradi. 
Ko‘pgina hollarda 
support@ansys.com
va
info@ansys.com
manzillariga 
yordam so‘rab murojaat qilinganida, asossiz yoki, misol uchun: «yangi versiyani 
sotib oling», yoki «bizning firma kurslimizda o‘qing», yoki «sizning versiyangizda 
bu imkoniyat ko‘zda tutilmagan...» kabi befoyda javoblar beriladi, FEMAP interfeys 
dasturlari (ishlab chiquvchisi Enterprise Software Products) foydalanish soddaligi, 
qulayligi, mantiqiyligi bo‘yicha) 60 dan ortiq dasturlarning universal interfeysidan 
anchagina ortda qolsa ham, biroq umuman yaxshi taassurot qoldiradi (nafaqat ilgari 
chekli-elementli dasturlar bilan ishlagan foydalanuvchilar uchun), 



Sravnitsya s ANSYS (uning boshqa paketlardagi modifikatsiyalarini hqm 
qo‘shib hisoblaganda) bilan o‘rnatishlar yoki legal (rasmiy) foydalanuvchilari soniga 
ko‘ra faqat NASTRAN savdo markasiga ega bo‘lgan chekli-elementli dasturlar 
guruhi (rasman marka NASA (Sosmic) kompaniyasiga tegishli) foydalanishi 
mumkin. Shuningdek: MSC/NASTRAN (MasNeal-Schwendler Corporation 
kompaniyasi) va UAI/NASTRAN (Universal Analytics kompaniyasi) kabi taniqli va 
keng tarqalgan paketlar ham shu markaga ega. NE/NASTRAN (Nogap Yengineering 
kompaniyasi) va ME/NASTRAN (MasgoIndustries kompaniyasi) kamroq tanilgan. 
Rossiyada UAI/Nastran paketini rasmiy tarqatish va qo‘llab-quvvatlash bilan TESIS 
firmasi, MSS/NASTRAN paketini qo‘llab-quvvatlash bilan esa — MasNeal-
Schwendle Corporation kompaniyasining Rossiyadagi vakolatxonasi shug‘ullanadi. 
Nisbatan ancha arzonligiga qaramay, UAI, MSS, NE firma paketlarining real 
imkoniyatlari ANSYS paketidan qolishmaydi, ba’zan esa hatto rivojlanish va 
imkoniyatda undan ustun ham bo‘lib hisoblanadi. Masalan, besh yildan ko‘proq vaqt 
mobaynida ana shu firmalar paketlarida yuqori toifali (rangli) matritsalarni hal qilish 
uchun eng aniq va tezkor sifatida «Xolesskiy qo‘shilgan gradientlarining avvaldan 
shartlashilgan uslubi»ni olish mumkin (ANSYSda 1999 yilgacha taqdim etilmagan). 
ANSYS tizimidan NASTRAN paketlari ham faqat cheklangan sonli qo‘llab-
quvvatlanadigan kompyuter platformalari va operatsion tizimlari bilan ortda qoladi. 
Biroq ana shu paketlar tomonidan ishlatiladigan FEMAR-qobiqlar Windows 
95/98/NT tizimlariga muvaffaqiyat bilan integratsiyalangan (buni rossiyalik 
foydalanuvchilar uchun, eng dolzarb xususiyat deb aytish mumkin), paketlarning o‘zi 
esa tizimli resurslarga o‘ta katta talablar qo‘ymasligi hisobga olinsa, bu kamchilik 
ham ustunlikka aylanib ketishi mumkin. Masalan, MSC/NASTRAN v70.5 ning 
so‘nggi versiyalaridan biri uchun 486DX protsessori, 16 Mbayt operativ xotira va 
Windows 95 operatsion tizimi minimal talab etiladi. Masalan, Microsoft Word kabi 
ilg‘or matnli redaktori talab va ehtiyojlariga o‘rganib qolgan rossiyalik 
foydalanuvchilarda, beixtiyor bu paketning imkoniyatlarida shubha paydo bo‘lsa ajab 
emas.



Rossiyada hatto «pochta yashiklari» davridan o‘z foydalanuvchilariga ega 
bo‘lgan yana ikki paketni ko‘rib chiqaylik. Bu Algor (SSSRga u fransuzcha Aldan 
nomi bilan kirib keldi) — Algor kompaniyasi ishlanmasi va SOSMOS/M paketi —
Structural Research and Analysis Corp kompaniyasi ishlanmasi. Bu paketlar kutilgan 
me’yorda tarqalmadi.
Ba’zi 
ma’lumotlarga 
ko‘ra, 
«mudofaa» 
sohasidan 
COSMOS/M 
UAI/NASTRAN paketi, Algor esa — Design Space paketi (ANSYS paketning 
yengillashtirilgan varianti) bilan siqib chiqarilgan. COSMOS/M paketining o‘z 
bozorini yo‘qotishiga nima sabab bo‘ldi — aytish qiyin: so‘nggi besh yil ichida u 
rossiyaliklar uchun qimmatbaho Sun kompyuter platformasidan Intel (Windows 
95/98/NT) platformasiga yetarlicha samarali tarzda o‘tib ketdi. 
Rossiya tomonidan Algor’ning yshqotilishi anchagina mantiqiy odim bo‘lib, 
hatto, Algor paketining so‘nggi 13-versiyasida ham, yangi SuperDrawIII interfeys 
mavjudligiga qaramay, eskigina sakkiz razryadli DOS sezilib turadi.
Hisobchilar darchalari va MS-DOS vZ.Z versiyasidan saqlanib qolgan 
qo‘shimcha axborot kiritish darchalari ham birmuncha noqulay va nobop ko‘rinishga 
ega. Biroq dasturning SD-ROM va S-VHS larda tarqatiladigan reklama roliklarida 
juda yoqimtoy qiz Algor plastika, dinamikaga oid masalalarni naqadar aniq 
hisoblashini va shu kabilarni, shishaning zarbga chidamliligiga oid chiroyli Sgash-
testi ko‘rsatilganligini hikoya qilib beradi.
Bu paketlarning Rossiyadagi rasmiy tarqatuvchilari ma’lum emas, 
ishlatilayotgan versiyasi esa bevosita AQShdan sotib olingan (mos ravishda, hotline-
qo‘llab-quvvatlash mavjud emas). Mavjud tarqatish ro‘yxati 
algor-user@onelist.com

anchagina sust ishlaydi: odatda, bir haftada taxminan 2-3 xabar, berilgan javoblarga 


kamdan-kam hollarda javob olish mumkin. Rasmiy 
support@algor.com
qo‘llab-
quvvatlash xizmatiga murojaat qilish esa ANSYS ga o‘xshash natijalarga olib keladi. 
Barcha 
ko‘rib 
chiqilgan 
dasturlarning 
real 
mustaqil 
testlarini 
http://www.nafems.com
serverida topish mumkin edi, biroq na hisob-kitoblar 
tezligida, na ular aniqligida sezilarli farq mavjudligi aniqlanmadi. Odno iz 
isklyucheniy — setkalarning juda sust Algor generatori. Qolgan parametrlar bo‘yicha 



barcha dasturlar farqlanishi 10% diapazoni oralig‘ida o‘zgarib turadi. Ilgari (5.5.x 
versiyasiga qadar) ANSYS katta tizimlar hisob-kitobi tezligida (100 000 ban ortiq 
tenglamalar) qolgan FEA-dasturlardan 15% va undan ko‘proq ortda qolgan. FEA-
dasturlar tez ishlashi va aniqligida katta farq yo‘qligi masalalarni hal qilishda chekli 
elementlar uslubining standart va keng ma’lum bo‘lgan algoritmlari ishlatilishi bilan 
bog‘liq. Bu paketlarda ishlatilayotgan matematik apparat ham shuningdek bir xil va u 
ko‘pchilikka ma’lum. U yoki bu paket to‘satdan va butkul ilg‘orlikka erishishini 
umid qilish noto‘g‘ri. 

Download 321.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling