Ma’ruza №4 ijro mexanizmlari
Aylanuvchi magnit oqimini hosil qilish
Download 1.94 Mb.
|
4-ma\'ruza
Aylanuvchi magnit oqimini hosil qilish
Uch fazali transformatorlarni bayon qilishda uchala sterjen pulslanuvchi magnit oqimlarining oniy qiymatlari yig’indisi hamma vaqt nolga teng bo’lishi ko’rsatilgan edi. Buning sababi uchala AX, BY, CZ chulg’amlarining uqlari 14.8-rasmda ko’rsatilganidek bir-biriga parallel bo’lganligidir. 4.9-rasmda uch fazali tok uchun vaqtning a momentida toklar oniy yunalishining diagrammasi ko’rsatilgan. Agar chulg’amlar birgina umumiy uq buylab joylashgan bo’lsa ham shunday effekt hosil bular edi.(4.10-rasm). Biroq chulg’amlar fazoda uqlar singari 120 burchak ostida joylashganda ahvol ancha uzgarardi. Chulg’amlarni po’lat silindrning ichki sirti buylab bunday joylashtirish 4.11-rasmda ko’rsatilgan. Vaqtning a momentida chulg’amlar simlaridagi toklar 4.9-rasmdagi diagrammada ko’rsatilgan. 4.11 –rasm 4.10 –rasm BY chulg’amining magnitlovchi Fbm kuchi by chulg’amning uqi buylab yo’nalgan va ib=IBM bo’lgani uchun maksimal qiymatga ega. AX chulg’amning FA magnitlovchi kuchi o’zining ax chulg’amining uqi buylab yunalgan, biroq tok iA=0,5IBM ga teng. Xuddi shuningdek, Fc=0,5FBM va sx o’qi buylab yo’nalgan. CHulg’amlar shunday joylashganida yig’indi magnitlovchi kuch hosil qilishi ravshan: F=FA+FC+FBM=1,5FBM Agar hodisani davrniing 1/6 dan keyin kursak, u holda, natijaviy magnitlovchi kuch o’zining qiymatini saqlagan holda, 1/6 siga, ya’ni 60ga burilganini kurish mumkin. Uch fazali chulg’amning magnitlovchi kuchi bilan birga u hosil qilgan F yig’indi magnit oqimi ham aylanadi. Chulg’amlarning ayni shu konstruksiyasida oqim ikki qutbli ekan. Tokning bir davrida oqimning bir aylanishi, sekundiga f davr ichida minutiga f60 davr ichida ikki qutbli oqim n=f60/p ayl. min aylanishi mumkin. Agar chulg’amlarni qutblar jufti soni birdan ortiq bo’ladigan qilib yasalsa, r>1 dan necha marta katta bo’lsa magnit oqimining aylanish tezligi shuncha kamayadi. Uch fazali tok uch fazali chulg’amdan utar ekan, o’zgarmas tezlik bilan aylanuvchi magnit oqimi hosil bo’ladi, bu oqimning amplitudasi bitta faza oqimining amplitudasidan 1,5 marta katta bo’lib saqlanadi: F=1,5faza Asinxron elektr dvigatellarida uch fazali chulg’am mashina qo’zg’almas qismi-statorning ichki silindrik sirtidagi ariqchalarga joylashtiriladi. Chulg’amlarning maxsus yasalishi tufayli ayrim fazalar magnit oqimlari va uch fazali yig’indi oqim kattaliklari statorning havo oralig’ida sinusoidal taqsimlangan. Stator ichiga mashinaning aylanuvchi qismi–rotor joylashtiriladi, shuning uchun chulg’amning ariqchada etmagan chekka qismlari 4.11-rasmda ko’rsatilganidek emas, balki stator uzagining chekka qirqim qismi 2 da (4.13-rasm) joylashtirilishi kerak. Bundan tashqari, seksiyalarning aktiv qismlari arikchalarda o’zgarmas tokning yakori sifatida ikki qatlam qilib joylashtiriladi. Fazalarning A,B,c boshlanish uchlari biri-biridan 120 grad surib, (4.13- rasm) ularning uchlari esa 3 ga joylashtirilgan. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling