Ma’ruza: 4 Loyihani tegishli organlar bilan kelishish, ekspertiza, tasdiqlash tartibi, mualliflik nazorati. Avtomatik tizimda loyihalash haqida umumiy ma’lumotlar
Download 148.71 Kb. Pdf ko'rish
|
4-Maruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Avtomatik tizimda loyihalash haqida umumiy ma’lumotlar.
Ma’ruza: 4 Loyihani tegishli organlar bilan kelishish, ekspertiza, tasdiqlash tartibi, mualliflik nazorati. Avtomatik tizimda loyihalash haqida umumiy ma’lumotlar. 1. Loyihani tegishli organlar bilan kelishish, ekspertiza, tasdiqlash tartibi, mualliflik nazorati. 2. Avtomatik tizimda loyihalash haqida umumiy ma’lumotlar. 1. Konchilik korxonasini loyihalashni bir bosqichda yoki ikki bosqichda loyihalash tartibi buyurtmachini qaroriga muvofiq ijro etiladi. Bu masala ham loyihalashga topshiriq tuzilganida buyurtmachi tomonidan topshiriqga shu shartlar kiritiladi. Bosh loyihachi, har bir loyihalanadigan obyekt uchun loyihani bosh muhandisini tayinlaydi, u loyihalash bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlarni muvofiqlashtirib, loyihani sifatiga, konchilik korxonasi qurilishiga sarflanadigan mablag’i, ya’ni smeta narxi qiymatiga javobgardir. Bosh loyihachi, loyihani sifatiga smeta hujjatlarini to’g’ri tuzilishiga, ularning bo’laklarini birini–ikkinchisi bilan muvofiqlashtirilganligini va loyiha ishlarini muddatida bajarishga javobgardir. Loyihalash ishiga tortilgan maxsus loyihalovchi tashkilotlar ham loyihani bir qismini bajarishga yoki loyiha qidiruv ishlarini shartnoma asosida bajaradigan bo’lganligi uchun bosh loyihachi oldida javobgardir. Loyihalashga topshiriq olgandan so’ng loyihalash tashkiloti aniq bir obyektni loyihasini ishlab chiqarishga kirishadi. Loyihani buyurtmachi qabul qilguniga qadar ekspertizadan o’tkaziladi. Ekspertizadan yoki ekspertiza komissiyasidan ijobiy xulosa olinsa u loyihani yoqlash va tasdiqlashga taqdim etishi mumkin bo’ladi. Loyihalovchi tashkilot, tuzilgan loyihaga olingan ekspertiza xulosasi ijobiy bo’lib tasdiqlangan bo’lsa ham, buyurtmachiga topshirilgandan so’ng ham loyiha va smeta hujjatlarida yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarini tuzatishga javobgardir. Tasdiqlashga taqdim etilayotgan loyiha materiallari (ishchi loyiha) loyihalash instituti rahbarlari tomonidan imzolanadi: loyihani tushuntirish tekstini (titul varog’ini) institut direktori, bosh muxandisi, loyihani bosh muxandisi va yana loyihani bosh rejasini bosh muxandisi va yana loyihani bosh rejasini smetasi bo’lim boshlig’i va ijrochi shaxslar tomonidan ham imzolanadi; boshqa materiallarni loyihani bosh muxandisi, bo’lim boshlig’i, me’yorlarga rioya qilish ishlarini nazoratchisi va loyihani ishlab chiqargan shaxs imzolaydi; smeta hujjatlari belgilangan shaklga muvofiq mansabdor shaxslar tomonidan imzolandi. Loyiha (ishchi loyiha) va ishchi hujjatlar bosh loyihalovchi institut tomonidan buyurtmachiga asosan 4 nusxada, subpudratchi loyihalovchi bosh institutga 5 nusxada topshiradi. Obyekt va lokal smetallar buyurtmachiga belgilangan sonida bir nusxa ortiq beradi. Rudnikni qurish uchun tuzilgan loyiha – smeta hujjatlari amaldagi me’yoriy hujjatga, qoidalarga, yo’riqnomalarga va davlat standartiga mos tuzilgan bo’lsa, davlat nazorat organlari bilan kelishish shart emas shu jumladan loyiha kompleksiga kiruvchi ishchi chizmalar ham. Yuqorida keltirilgan hujjatlardan chekingan holda tuzilgan loyiha hujjatlari tegishli nazorat organlari bilan kelishgan bo’lishi shart. Bunday kelishish ishlari nazorat organlariga loyiha-smeta hujjatlari taqdim etilgandan so’ng 15 kun muddatida, alohida holatda 30 kun ichida ko’rib chiqib, loyiha hujjatlari asoslangan bo’lsa, kelishilganligi haqida hujjat rasmiylashtiriladi. Buyurtmachi loyihani “Qurilishni tashkil etish” bo’limini va ishchi chizmalar asosida tuzilgan smeta hisoblarini bosh pudratchiga ko’rib chiqib kelishilganligini rasmiylashtirish uchun topshiradi. Bosh pudratchi loyiha smeta va ishchi chizmalarni ko’rib chiqib 45 kun ichida belgilangan tartibda loyiha-smetadagi kamchiliklar va ularni tuzatish zarurligi ko’rsatilgan hujjatni buyurtmachiga topshirilmasa, loyiha-smeta hujjatlar kelishilgan hisoblaniladi va buyurtmachi tomonidan tasdiqlanishi mumkin, agar kamchiliklar ko’rsatilsa, buyurtmachi bosh loyihachiga ko’rsatilgan kamchiliklarni bir oy muddatda tuzatishni so’rab talabnoma yuboradi. Konchilik korxonalarining loyihasi albatta davlat ekspertizatsiyasidan o’tgandan keyingina tasdiqlashga taqdim etiladi. Loyiha (ishchi loyiha) korxona buyrug’i, vazirlik, Respublika hukumati qarori bilan tasdiqlanishi mumkin, agar loyihalangan korxonani quyidagi ma’lumotlari keltirilgan bo’lsa: 1) Korxona (rudnik) ning nomi, uning joylashgan o’rni; 2) Qurilish xarakteri (yangi rudnik, kengaytirilayotgan texnikaviy jixatidan qayta uskunalanayotgan); 3) Rudnikni yillik ruda qazib chiqarish quvvati, t/yil va yillik ishlab chiqariladigan tovar mahsulotini natural o’lchamini million so’m yoki dollardagi qiymati; 4) Qurilishni umumiy smeta qiymati shu jumladan: a) qurilish-jamlash ishlarining smeta qiymati; b) ishlab chiqarishga mo’ljallangan obyektlar; v) uy joy qurilish obyektlari; g) sog’liqni saqlashga xizmat qiluvchi, madaniy–maishiy va ta’lim–tarbiya obyektlari; d) qurilish sanoati obyektlari; 5) Asosiy fondlar qiymati, shu jumladan ishga tushiriladigan, ishlab chiqarishga mo’ljallangan barcha obyektlar va qurilish jarayonida ishdan chiqadigan obyektlar qiymati; 6) Yillik qazib chiqariladigan mahsulot birligiga to’g’ri keladigan solishtirma kapital-qo’yilmalar miqdori; 7) Ishlovchilar soni; 8) Ishlab chiqarishdagi mehnat unumdorligi ming so’m/yil yoki doll/yil; 9) Ishlab chiqarishga mo’ljallangan obyektlar bo’yicha 1 so’m yoki shunga to’g’ri keladigan 1 dollarli asosiy fonddan olingan mahsulot, fondni qaytarilishi so’m yoki doll. bilan o’lchanadi; 10) Ekspluatatsiya harajatlari, so’m/yil yoki doll/yil; 11) Foyda miqdori, so’m/yil yoki doll/yil; 12) Ishlab chiqarishni rentabelligi; 13) Kapital qo’yilmalarni o’z-o’zini qoplash muddati; 14) Qurilishning davomiyligi; Rudnikni qurilishini boshlashni rejalash va uni moliyaviy ta’minoti yechimining asosi tasdiqlangan loyiha bo’lib, asosiy uskunalarga buyurtma berish, kapital qurilishni boshlashga, shartnoma tuzishga imkon yaratadi. 2. Kon korxonalarini loyihalashda hal qilinadigan asosiy masalalar to’rt turga: texnik, kon-geometrik, iqtisodiy va texnik-iqtisodiy turlarga bo’linadi. ЭҲМ ҳал қилинадиган, очиқ усулда қазиб олиш масалалари Кон геометрик Техник Техник-иқтисодий Иқтисодий Бошқариш Лойиҳалаш Режалаш Тахминий ва аниқ Б ¢ лу вчи Т ех но ло ги к Б ¢ лу вчи К он -гео ло ги к Т ех но ло ги к Т ех но ло ги к Т ех но ло ги к К он -гео ло ги к Б ¢ лу вчи Т ех но ло ги к К он -н ео ло ги к Район Тармоқ Комбинат Карьер Участка Анамитик Турђун Динамик Сонли Variantlarni iqtisodiy baholashni shart emasligi, masalalarni bir xilda yechilishi texnikaviy masalalarning ajralib turuvchi o’ziga xos xususiyatlari hisoblanadi. Texnikaviy masalalar odatda klassik usulda hal etiladi. Ular dam- badam standart, matematik usulda yechiladi. Kon ishlab chiqarishida bu turdagi masalalarga kon bosimini bort va pog’ona qiyaligining ustuvorligi, quritish, ish mashinalarining parametrlarini aniqlash masalalari, kavjoy elementlari, mashinalarning unumdorligi, qurilish, santexnika, issiqlik texnikasi v.b. masalalar kiradi. Kon geometrik masalalarga kon bo’yicha ruda turlari va sortlariga bo’lingan foydali va qoplama jinslarining yuzasini, hajmini aniqlash masalalari, gidrogeologik ma’lumotlar asosida aniqlanganlik toifasi, skvajinalarga asosiy gorizontlar bo’yicha planlarni qurish masalalari, ko’ndalang kesimlarni gorizontal planlarga o’zgartirish, karyer maydonlarini geometrik tahlili, kon ishlari rejimi jadvallarini tuzish kiradi. Iqtisodiy masalalarga harajatni va daromadni, mahsulotning tannarxini, qurilishning smeta narxini, mehnat sig’imini, foyda va rentabellikni aniqlash kiradi. Texnik-iqtisodiy masalalarga optimal qarorlarni tanlash masalalari kiradi.Texnik va texnologik talablarga javob beradigan, lekin texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarning natijalari bilan farqlanadigan qarorlarning ko’pligi ularning ajralib turuvchi o’ziga xos xususiyatlari hisoblanadi. Shu tufayli berilgan me’zonga ko’proq darajada javob beruvchi variantlarni iqtisodiy baholash va optimal qarorlarni tanlash zaruriyati tug’iladi. Texnik-iqtisodiy masalalar turli xildadir. Ular karyerni loyihalash paytida karyerni asosiy ko’rsatkichlarini optimal variantlari, texnologiya va mexanizatsiya kabi bosh prinsipial masalalarni, shuningdek texnologiya va mexanizatsiyalashtirish bo’limlarining optimal variantlari bo’lgan ikkinchi darajali masalalarni ham o’z ichiga oladi. Ular texnik- iqtisodiy tahlilning turli usullari bilan hal etiladi. Hisoblash aniqligi bo’yicha masalaning toifasi dastlabki ma’lumotlardagi ijozatli xatoliklarga bo’lgan talabni, hal etish usulini, hisoblash aniqligini, mehnat sig’imini va masalani hal etish davomiyligini aniqlaydi. Konditsiyani asoslash bosqichida, balans zahiralarni belgilashda, loyihalashga topshiriqni ishlab chiqishda va ayrim hollarda TIA tuzishda masalalar taxminan hal etiladi. Loyihalash obyektining masshtabi bo’yicha loyihalash masalalari besh guruhga bo’linadi: Tarmoqni loyihalash masalalari, obyekti kon sanoati tarmog’i hisoblanadi; tuman-tarmoqni (tumanni) loyihalash masalalari, obyekti iqtisodiy- geografik tuman yoki havza hisoblanadi; bir necha korxonalarni, karyerlarni, boyitish fabrikalarini o’z ichiga olgan yirik sanoat birlashmalari va kon-boyitish kombinatlarini loyihalash masalalari; karyer yoki uchastkani loyihalash masalalari, obyekti alohida kon korxonalari hisoblanadi; uchastkani loyihalash masalalari, obyekti alohida uchastka yoki karyer parametri, texnologiya, taraqqiyotning bo’g’ini yoki elementi hisoblanadi. Turli xil masalalar uchun baholash me’zonlari, baholanadigan variantlar soni, hal qilish usullari, hal qilishda ijozatli xatolik, dastlabki ma’lumotlarni topshirish shakli turli xil bo’ladi. Tarmoq yoki tuman masalalari odatda kompleks loyihalash, TIA yoki havza, tumanni rivojlantirishning istiqbolli rejasi predmeti hisoblanadi. Uchastka masalalari odatda mahalliy loyiha va korxonaning joriy rejalari predmeti hisoblanadi. Download 148.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling