Ma’ruza 4 Mavzu: gaz xromatografiyasi reja


Rasm 1. Xromatografik piklar va ularning ko’rsatkichlari


Download 205.12 Kb.
bet2/7
Sana20.01.2023
Hajmi205.12 Kb.
#1103750
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'ruza 4. OOS fiz.kim tadqiq qilish (1)

Rasm 1. Xromatografik piklar va ularning ko’rsatkichlari:
A-namuna kiritilishi; AB-tutib turish vaqti; CDE-xromatografik pik; AC-asos chizig’I; h-pik balandligi12,(µ0,5) –xromatografik pik balandligi yarmisining kengligi.

Xromatogramma asos chizig’iga ega. Bu chiziq detektor faqat harakatlaniuchi fazaning signalini qabul qilayotgan vaqt oralig’iga to’g’ri keladi.


Xromatografik pik-egri chizig’I, kolonkadan chiqayotgan modda konsentratsiyasining oshib borishi va kamayib borishini ko’rsatadi.
Pikning asosiy parametrlari:
-tutib turish vaqti,
-pik balandligi,
-pik balandligi yarmisining kengligi,
-pik yuzasi.
Xromatogrammadagi pik maksimumining paydo bo’lish vaqti – tutib turish vaqti deyiladi. Gaz xromatografiyasi analizi – gaz xromatografi deb ataluvchi maxsus uskunada amalga oshiriladi.

Rasm 2. Gaz xromatografining sxemasi
1-gaz manbasi, 2-4-gaz oqimi tezligini boshqaruvchi moslama, 5-bug’latgich, 6-gazxromatografik kolonka, 7-issiqlikni ta’minlovchi uskuna, 8-analiz kiritish uchun mikroshpris, 11-detektor, 13-kuchaytirgich, 14-qayd qiluvchi qurilma.

Gaz xromatografining asosiy komponentlari quyidagilardir:


- tashuvchi gaz manbai,
- namunani kiritish moslamasi,
- xromatografik kolonka,
- termostatik qurilma,
- detektor,
- tahlil natijalarini ro'yxatga olish va qayta ishlash bloki
Namuna kiritish moslamasida bug’latgich mavjud bo'lib, unda tahlil qilinayotgan
namuna eritmasi bug 'holatiga aylanadi va shu shaklda kolonkaga kiritiladi.
Harakatlanuvchi faza sifatida azot, argon,vodorod, geliy gazlari qo’llaniladi. Ular tadqiq qilinayotgan namuna, qattiq eltuvchi, suyuq fazalarga nisbatan inert bo’lishi kerak.
Xromatografning asosiy komponenti: gazoxromatografik kolonka. U ichki diametri 2-4 mm bo’lgan shisha yoki zanglamaydigan po’latdan yasalgan to’g’ri, spiralsimon yoki U simon kolonkadan iborat. 1-5 metrli kolonkalar eng ko’p qo’llaniladi, uning ichi qattiq eltuvchiga yotqizilgan suyuq faza bilan to’ldirilgan bo’ladi. Bunday kolonkalar nasadkali kolonkalar deyiladi.


Download 205.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling