Ma’ruza 4 Mavzu: gaz xromatografiyasi reja


Rasm 4. Alangali-ionlanuvchi detektor


Download 205.12 Kb.
bet4/7
Sana20.01.2023
Hajmi205.12 Kb.
#1103750
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'ruza 4. OOS fiz.kim tadqiq qilish (1)

Rasm 4. Alangali-ionlanuvchi detektor
1-gaz-eltuvchi; 2-vodorod kirish joyi; 3-havo ta’minlagich; 4-anod; 5-gorelka; 6-katod; 7-yongan mahsulot chiqish joyi

Kolonkadan detektorga kirayotgan gaz vodorod bilan aralashadi, detektorning gorelkasiga o’tadi va yonadi. Vodorod-havo alangasining temperaturasida ko’pchilik organic birikmalar ionlanadi. Hosil bo’layotgan ionlanish toki kuchayadi va navbatda qayd qiluvchi uskuna tomonidan o’lchanadi.


Shuningdek boshqa turdagi detektorlar xam qo’llaniladi:
-issiqlik o’tkazuvchanlik detektori (katarometr),
- termoionli,
- electron-tutuvchi,
-mass-spektrometrik va b.
Issiqlik o’tkazuvchanlik detektorining ish prinsipi detektordan o’tayotgan toza gaz eltuvchi va modda bilan aralashgan gaz katarometrning issiq spirali temperaturasining o’zgarishiga olib keladi. Bu toza gaz eltuvchining issiqlik o’tkazuvchanligi gazli aralashmaning issiqlik o’tkazuvchanligidan farq qilishi bilan tushuntiriladi. Katarometr spirali temperaturasining o’zgarishi undagi elektr qarshilikning o’zgarishiga olib keladi, bu esa o’lchanadi va qabul qilish uchun qulay holatda chiquvchi signalga uzatiladi.

Rasm 5. Issiqlik o’tkazuvchanlik detektori (katarometr)
1-gaz kirishi joyi, 2-gaz chiqish joyi, 3-platina yoki vol’fram o’tkazgich, 4-batareya, 5-katarometr yacheykasi
Gaz xromatografiyasi usulida moddaning sifat analizi
Namuna kiritilgan vaqtdan pik maksimumi qayd qilinishigacha bo’lgan vaqt oralig’I tutib turish vaqti deyiladi. Tutib turish vaqti modda tabiatidan kelib chiqadi, shu sababli uning sifat xarakteristikasi bo’lib xizmat qiladi. Tutib turish vaqti kattaligi modda tabiatidan tashqari, tajriba parametrlariga: kolonka temperaturasidagi o’zgarishlar, gaz eltuvchining bosimi va tezligi, kolonkaning ichki zichligi, qo’zg’almas suyuq fazaning massasi va boshqalarga bog’liq. Shu sababli analiz qilinayotgan namuna tarkibini aniqlashda standart namuna bilan solishtirish yoki nisbiy tutib turish metodi qo’llaniladi.

Download 205.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling