Ma’ruza-6 Diskret signallarni qabul qilishda xatoliklar va ular bilan kurashish Reja
Xatoliklarni aniqlovchi oddiy kodlar va ularning xususiyatlari
Download 0.5 Mb.
|
Mаъруза6
6.4. Xatoliklarni aniqlovchi oddiy kodlar va ularning xususiyatlari
Xatoliklarni aniqlovchi oddiy kodlarlarga misol qilib bir nechtasini – juftlikni tekshiruvchi, kod kombinatsiyasi vazni doimiy bo‘lgan kod bilan, korrelyasion va inversion kodlarni ko‘rib chiqamiz. Xatoliklarni aniqlovchi kodlarni qurishda quyidagi qoidalarga amal etish kerak [2,3,5]: ruxsat etilgan kod kombinatsiyalari qanday hosil qilinadi (bo‘linuvchi kodlar uchun tekshiruv razryadlari soni, qanday hosil qilingan va axborot razryadlariga nisbatan qaerda joylashgan); kodda ruxsat etilgan kombinatsiyalar soni nechta; -kodning asosiy ko‘rsatgichlari; -hosil qilingan kodning xususiyatlari. Juftlikni tekshiruvchi kod bu liniyaviy blokli bo‘linuvchi kodlar guruhiga kiradi. Kodning xar bir kombinatsiyasida bitta tekshiruv - nazorat razryadi bo‘ladi (r=1). SHuning uchun kod kombinatsiyalarining uzunligi n = k + 1. Tekshiruv (Nazorat) razryadi kod kombinatsiyasining oxirida joylashtiriladi, ya’ni k1k2 k3 … kj r. Tekshiruv razryadi quyidagi qoidaga asosan hosil qilinadi: i + r)mod2 = 0. Bu ruhsat etilgan kod kombinatsiyasida birlar soni juft bo‘lish shartini ko‘rsatadi. Ruxsat etilgan kombinatsiyalar soni Sp va R ortiqchalik koeffitsienti mos ravishda quyidagicha aniqlanadi Sp = 2k va R= 1-k/r. Juftlikni tekshiruvchi kodlar yordamida barcha juft bo‘lmagan xatoliklarni aniqlaydi va o‘z navbatida barcha juft xatoliklarni aniqlamaydi. Xatoliklarni aniqlamaslik (topmaslik) ehtimolligi Pno ≈ r2 qn-2 ifoda bilan aniqlanadi. Bunday kodlar diskret axborotlarni uzatish qurilmalarida axborotlarni to‘g‘ri kiritish va chiqarish jarayonlarida qo‘llanaladi. Kod kombinatsiyasi vazni doimiy bo‘lgan kod blokli bo‘linmaydigan kodlar guruhiga kiradi. Kod kombinatsiyasining ruxsat etilgan kod guruxiga tegishliligi sharti w = const dir. Amaliyotda asosan w = 3 ga teng kodlar ishlatiladi. Ruxsat etilgan kod kombinatsiyalari soni Sp = . Ortiqchalik koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi R = 1 – log2 Sp / log2 S0 . Kod kombinatsiyasi vazni doimiy bo‘lgan kod barcha toq xatoliklarni va juft xatoliklarni bir qismini aniqlaydi. Bu kod juft transpozitsiyalarni aniqlay olmaydi. Xatoliklarni aniqlay olmaslik ehtimolligi quyidagicha aniqlanadi Pno ≈ C p qw-1 Cn-wp qn-w-1 . Amaliyotda KOI-7 asosida qurilgan doimiy vesga (og‘irlikka) (w=3) ega kodlar tez-tez qo‘lanib turadi. CHunki bunday kodlar MTK-2 asosida qurilgan kodlarga (Sp = C = 10) nisbatan ancha ko‘p kod kombinatsiyalariga (Sp = C = 35) egadir. Korrelyasion va inversion kodlar liniyaviy bo‘linuvchi blokli kodlar sinifiga mansub. Korrelyasion kodlarda nazorat (tekshiruv) razryadlari axborot razryadlarining xar biridan keyin uzatiladi k1r1 k2 r2 k3 r3. … Bunday kodlarda nazorat razryadi axborot razryadining inversiyasiga teng, ya’ni ri = I . Invetsion kodlarda tekshiruv razryadlari axborot razryadlaridan keyin yuboriladi. Bunda axborot razryadidagi birlar juft yoki toq sonda bo‘lishiga qarab to‘g‘ri yoki inversiya ko‘rinishida yuboriladi, ya’ni agar mod2 ≠0 bo‘lsa ri= ki ; agar mod2 ≠0 bo‘lsa ri = I . Invetsion kodlarning tuzilishi quyidagicha bo‘ladi k1k2 k3 … ki r1 r2 r3… r1 . Korrelyasion va inversion kodlarda axborot va tekshiruv razryadlari soni bir-biriga teng bo‘ladi. SHuning uchun bu kodlarning ortiqchalik koeffitsenti R= 0,5 ga teng. Korrelyasion kodlarda xatolikni aniqlash extimolligi Pno = p2 , inversion kodlarda bu ko‘rsatgich Pno = C p2. Bu kodlar amaliy jixatdan barcha xatoliklarni aniqlashi mumkin. Kod o‘zgartuvchilarni qurish ancha murakkab bo‘lgani uchun korrelyasion va inversion kodlar amaliyotda kam qo‘llaniladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling