Ma’ruza-6 Diskret signallarni qabul qilishda xatoliklar va ular bilan kurashish Reja


Uzatish ishonchliligini oshirish metodlari


Download 0.5 Mb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1565459
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mаъруза6

6.2. Uzatish ishonchliligini oshirish metodlari

Xatoliklardan saqlanish uchun mavjud barcha metodlar ikki - passiv va aktiv guruhlarga ajratiladi [2,3]:


Birinchi guruhga (passiv metodlar) xalaqitlar ta’sirini kamaytirish metodlari kiradi. Ular o‘z navbatida 2 turga bo‘linadi: tashkiliy-texnik va elektrotexnik.

Tashkiliy-texnik guruxdagi metodlariga quyidagilar kiradi:


xalaqit beruvchi ta’sirlardan himoyalanish (xavo aloqa liniyalarida liniyalarni chambarlashtirish (skreshivanie), kabel aloqa liniyalarida liniyalarni simmetriyalash);
-simlarni ekranlashtirish (kabellashtirish), yani xavo aloqa liniyalarini kabel liniyalarini bilan almashtirish;
-elektr ta’minoti zanjirida filtratsiyalashni yaxshilash, yani kuchlanish to’g’irlagichlarida pulsasiyani kamaytirish;
-texnik xizmat ko‘rsatish samarasini oshirish, texnik xazmat ko’rsatishdagi xatoliklarni kamaytirish..
Bu turdagi metodlarni qo‘llaganda uzatish ishonchliligini 3...5 martaga oshishi mumkin.
Elektrotexnik metodlariga esa quyidagilar kiradi:
-kanallarning amplitude (ACHX) va faza (FCHX) chastota xarxkteristikalarini yaxshilash;
-xatoliklarga chidamli modulyasiya turlaridan foydalanish;
-“start-stop” metodlari dan “sinxron” uzatish metodlariga o’tish.
Bu turn metodlarini qo‘llaganda uzatish ishonchliligini 5...7 martagacha oshirish mumkin. Kichik qiymatdagi ishonchlilikni ta’minlashiga qaramasdan bu metoddan foydalanish xam maqsadga muvofiqdir.
Ikkinch guruh metodlari (aktiv) uzatilayotgan signallarga ortiqchalikni (qo‘shimchalikni) kiritishga asoslangan. Bu metodlar statik va dinamik (adaptiv) metodlarga bo‘linadi.
Statik metodlarda uzatilayotgan kod guruxlariga doimiy ravishda aloqa kanalining holatiga bog’liq bo’lmagan holda o‘zgarmas qiymatda ortiqchalik kiritiladi. Bu metodlarga ko‘p marttali (karrali) uzatish va korrektirlovchi kodlarni qo‘llash usullari kiradi. Ortiqchalik qiymatini oshirish, yani karrali martta uzatish uzatish ishonchliligini oshiradi, lekin ularning soni kanallarning uzatish vaqtidagi xolatiga bog’liq bo’lmagan xolda aniqlanadi.
Dinamik, yani adaptiv metodlarda uzatilayotgan kod guruxlariga ortiqchalik kiritish doimiy ravishda kanallarning uzatish vaqtidagi xolatiga bog’liq xolda kiritiladi. Bu metod (o‘zgaruvchan ortiqchalik) teskari aloqa kanalini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Yuqorida ko’rilgan metodlar ichidan oddiysi statik metod hisoblanadi. Ushbu metodda bitta xabarni to‘g‘ri qabul qilguncha bir necha (toq) martta uzatiladi. Qabul qilish manzilida ko‘plik prinsipi asosida qaror qabul qilinadi. Bu metodni texnik tomonidan amalga oshirish juda oson. Bunda ishonlilikni bir necha o‘n martagacha oshirish mumkin, ammo bir necha marta uzatish ko‘p vaqtni olgani uchun kanallarning samaradorligi (effektivligi) kamayadi. Shu sababli, bu usuldan hozirgi vaqitda ushbu ko‘rinishda foydalanilmaydi. Hozirgi kunda to‘g‘irlovchi (korrektirlovchi) kodlardan va teskari aloqa kanalidan keng miqyosda foydalaniladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling