Ma’ruza-6 Diskret signallarni qabul qilishda xatoliklar va ular bilan kurashish Reja


Download 0.5 Mb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1565459
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mаъруза6


MA’RUZA-6
Diskret signallarni qabul qilishda xatoliklar va ular bilan kurashish


Reja:

6.1. Ma’lumotlarni yuqori ishonchlilikda uzatish


6.2. Uzatish ishonchliligini oshirish metodlari
6.3. Xatoliklarni to‘g‘irlovchi kodlar.
6.4. Xatoliklarni aniqlovchi oddiy kodlar va ularning xususiyatlari
Kalit so‘zlar
birlik elementlar ;registr qurilmasi; sinxronlash
6.1. Ma’lumotlarni yuqori ishonchlilikda uzatish

Ma’lumotlarni uzatish tizimlarida yuqori ishonchlilikka ega diskret ma’lumotni va raqamli telegrammalarni uzatish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu hollarda xatolik ehtimolligi 10-5 … 10-12  dan oshmasligi kerak. Aloqa kanallarida tez-tez uchraydigan xatoliklar 10-2 dan 10-5  gacha oraliqda bo‘ladi. Birinchi kattalik elektromexanik tizimga tegishli bo‘lgan kommutatsiya stansiyalardagi kommutatsiyalangan kanallarga xos, ikkinchisi esa, raqamli uzatish tizimidagi mis kabelli kanallarga xos.


Xatolikning o‘rtacha qiymati Kx = 10-4  deb hisoblanadi.
Aloqa kanalidan uzatishga mo‘ljallangan axborot liniyaga kodlangan xolda taqdim etiladi va axborotni kodlash qoidasi, yoxud kod orqali ifoda etiladi. Diskret xabar uzatish tizimida qabul qilinayotgan xabar tarkibidagi belgilar (simvollar) to‘g‘ri qabul qilinishini ta’minlash maqsadida xatoliklarni kamaytiish va bartaraf etishga mo‘ljallangan maxsus usullar qo‘llaniladi. Bunda kanallarni sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun kanalga qo‘shimcha uskunalar kiritilishi, xatoliklar paydo bo‘lishini oldini olishga imkon beradi (regenerativ translyasiya uskunalari, faza korrektorlari va x.k.). qabul qilishda aniqlikni oshirishga mo‘ljallangan kanalning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash asosan, katta moddiy xarajatlar bilan bog‘liq. Shuning uchun, amaliyotda kanal sifati yaxshilanishini talab qilmaydigan aniqlikni oshirish usullari qo‘llaniladi. Bu usullar uzatilayotgan signalga ortiqcha simvollar kiritilishi tufayli, ular yordamida signal qabulidagi o‘zgarish yoki xatolikni aniqlash va to‘g‘rilashga imkon beradi. Bu usullar, asosan, xalaqitbardosh kodlar tadbiq qilinishi orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda ierarxiya tizimida ishlaydigan sinxron raqamli optik tolali aloqa liniyalarida uzatishning yuqori ishonchliligini ta’minlab beradi va bu kx = 10-8 ga  teng. Ammo temir yo‘l transportida barcha uchastkalar bunday tarmoqlar bilan ta’minlanmagan. Shuning uchun diskret xabarlarni qabul qilishda xatoliklardan himoyalanish uchun maxsus usullar yordamida amalga oshiriladi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling