Ma`ruza №6 Ma`ruza mavzusi: Gemodinamikaning asosiy ko`rsatkichlari Qon bosimi. Yurak va tomirlarning nerv va gumoral boshqarilishi. Ma`ruza mashg’ulotining o`qitish texnologiyasi


Download 53.24 Kb.
bet6/13
Sana22.10.2023
Hajmi53.24 Kb.
#1715312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ma`ruza №6 Ma`ruza mavzusi Gemodinamikaning asosiy ko`rsatkichl-fayllar.org

Sfigmogrammaning:

Anakrotasi – yurak tsiklining va Qonni tez xaydash fazasiga mos keladi

Katakrotasi – Qonni sekin xaydash fazasiga

Intsizurasi – protodiastolik fazasiga

Dikrotik kutarilishi – izometrik bushashish fazasiga
Pul’s tekshirilib, uning bir kancha xususiyatlari: chastotasi, tezligi, amplitudasi, tarangligi va ritmini aniklash mumkin. 1 minutdagi pul’s chastotasi yurakning qisqarishlar chastotasini xarakterlaydi. Pul’s ildamligi – arteriyada bosimning anakrota paytida kutarilib katakrota paytida pasayish tezligidir. Pul’sning bu belgisiga karab pulsus celer (ildam yoki tez pul’s) va pulsus tardus (sekin pul’s)ni ajratishadi. Pulsus celer aortal klapanlar kamchiligida kuzatiladi, bu porokda qorinchalardan kup Qon otilib chikib, bir qismi klapandagi nukson orqali qorinchaga tez kaytib tushadi. Pulsus tardus aortal teshik torayganda uchraydi, bu porokda Qon aortaga normadagiga nisbatan sekinrok otilib chiqadi.
Pul’s To`rtkichi vaqtida arteriya devorining tebranish miqdori pul’s amplitudasi deb ataladi. Pul’s tarangligi yoki kattikligi arteriyani pul’s yukolguncha bosish (kisish) uchun zarur kuch bilan aniklanadi. elektrokardiogramma va sfigrogrammani bir fotoplenkada kayd qilib, yurak faoliyatining ba`zi buzilishlari haqida fikr yuritish uchun amaliy jixatdan muxim ma`lumotlar olish mumkin. Ba`zan pul’s defitsiti deb ataluvchi xodisa kuzatiladi, bunda qorinchalarning xar bir ko`zg’alish tulkini tomirlar sistemasiga Qon otilib chiqishiga va pul’s To`rtkisi xosil bo’lishiga olib kelavermaydi. Sistolada Qon juda sust xaydalgani uchun qorinchalarning ba`zi sistolalari periferik arteriyalarga etib boruvchi pul’s tulkinini xosil kila olmaydi, bunda pul’s aritmik bo’ladi (pul’s aritmiyasi).

Qonning arterial bosimi.
Birinchi marta Qon bosimini 1733 yilda Stefan Xels ulchagan. Otni Qon tomiriga – uyku arteriyasiga nina kiritib uni uzun nay bilan ulab bosimni ulchagan.Hayvon, ba`zan esa odam arteriyalaridagi Qon bosimini ulchash uchun manometrga kattik devorli nay bilan ulab kuyilgan shisha kanyula yoki igna arteriyaga kiritiladi. Kanyulyada yoki ulaydigan nayda Qon ivib kolmasligi uchun ularga Qonni ivishdan saklaydigan modda tuldiriladi.
Qon bosimini kayd qilish uchun ilgarilari kalkovuchli simob manometridan foydalanishar, bosim uzgarishlarining egri chizig’ini kimograf barabanlariga kalkovuch yozib turar edi. Ammo simob manometrlari inertsiyasi katta bulgani uchun yanglish ma`lumot beradi. SHuning uchun xozir elektr manometrlardan foydalanishadi, Qon bosimining uzgarishi bu asboblarda induktivlik yoki aktiv qarshilikning uzgarishiga sabab bo’ladi. elektr manometrlar goyat sezgirligi va inertsiyasizligi bilan fark qiladi.
Qon bosimini aniklashning yukorida tasvir etilgan bevosita yoki Qonli usulida arteriyaga igna yoki kanyulya kiritiladi. Odamning Qon bosimini ulchash uchun odatda boshqa – vositali, yoki Qonsiz usullar ko’proq kullaniladi. Ular tomir ichidan Qon utishini tuxtatish uchun zarur bulgan bosimni ulchashga asoslangan. Tekshirilayotgan kishining elkasiga kavak rezina manjeta uraladi. Manjeta unga havo yuboruvchi rezina ballonga va simob manometriga ulangan. Manjeta shishirilganda elkani xalka singari kisadi, manometr esa manjetada xosil bulgan bosimni ulchaydi. Bunday tekshirish uchun Riva-Rochchi sfigmomanomeri ishlatiladi. Qon bosimini shu asbobda ulchash uchun, N.S.Korotkov taklifiga kura, elkaga uralgan manjetadan periferiyadagi arteriyada paydo buluvchi tomir tonlari eshitiladi (auskul’tatsiya).
Kisilmagan arteriya ichidan Qon utayotganda odatda tovush eshitilmaydi. Manjetadagi bosim sistolik arterial bosimdan ortik bo’lsa, arteriyani butunlay kisib kuyadi va undan Qon utishi tuxtaydi. Ayni vaqtda tovush eshitilmaydi. Manjetadagi havo asta-sekin chikarib yuborilsa (ya`ni dekompressiya kilinsa), undagi bosim sistolik arterial bosimdan salgina kamayishi bilan, sistola vaqtida Qon okimi arteriyaning kisilgan joyini engib utadi-da, manjetaning pastiga yul oladi. Arteriyaning kisilgan joyidagi katta tezlik va kinetik energiya bilan kelaetgan Qon portsiyasining arteriya devoriga urilishidan tovush chiqadi, bu tovush manjeta pastidan eshitiladi. Manjetadagi bosimning kaysi miqdorida arteriyada dastlabki tovushlar paydo bo’lsa, usha bosim maksimal, ya`ni sistolik bosimga mos keladi. Manjetadagi bosim yanada pasayib, diastolik bosimdan kamayganda arteriyadan sistola vaqtida xam, diastola vaqtida xam Qon uta boshlaydi. Bu paytda arteriyaning manjetadan pastdagi qismida tovush yukoladi. Arteriada tovushlar yukolgan paytda manjetadagi bosim miqdoriga karab, minimal, ya`ni diastolik bosim aniklanadi.
N.S.Korotkov usuli bilan arteriyada ulchangan bosim miqdorini elektrmanometrga ulab kuyilgan ignani shu odamning tomiriga kiritib kayd kilingan bosim miqdoriga solishtirilsa, bir-biriga yakin natijalar olinadi, lekin natijalar xamisha tulik mos chikavermaydi.
Arteriyalardagi bosim (P): 1) yurak ishlashi natijasida arteriyalarga kiradigan Qon xajmi (Q); 2) mayda arteriyalar, arteriolalar va kapillyarlarda Qon okimi uchratadigan qarshilik (R) ga bog’liq. Bu bog’liqlik oddiy tenglama: P=Q.R bilan ifodalanadi. Bu tenglamaga muvofik, minutlik xajmning ortishi natijasida (masalan, organizmga kup Qon kuyilganda) Qon bosimi ko’tariladi. Minutlik xajm kamayganda (masalan, organizm Qon yukotganda) esa, aksincha, arterial bosim pasayadi.Kapillyarlar va venalyar kengayganda xam yurakka venoz Qon kamrok kaytib keladi, shu sababli Qon bosimi pasayadi, binobarin yurakdan otilib chiqadigan Qonning minutlik xajmi kamayadi. Bu xolda Qon kapillyarlar va venalarda tuplanadi. Qon ketgandan keyin tsirkulyatsiya kiluvchi Qon massasi kamaygandagi kabi, bu xolda xam minutlik xajm kamayadi, binobarin, arterial bosim xam pasayadi.
Qon bosimi yurakdan otilib chiqadigan Qon miqdoriga bog’liq ekanligini adashgan nervga ta`sir etish misolida kursatish mumkin. Adashgan nerv kuchsiz ta`sirlanganda yurak ishining sekinlanishi va susayishi arteriyalarga Qon kelishini kamaytiradi, okibatda Qon bosimi pasayadi. Adashgan nerv kuchli ta`sirlanganda yurak tuxtab koladi va arteriyalarga Qon kirmay kuyadi, Qon bosimi deyarlik nolchaga pasayadi.YUkorida keltirilgan tenglamadan kurinib turibdiki, Qon utishiga periferik qarshilik xam arterial bosim miqdorini belgilab beruvchi faktor xisoblanadi. Arteriolalarda bu qarshilik maksimal darajada yukori. Ular toraygan va Qon okishiga qarshilik katta bo’lsa, arterial Qon bosimi oshib ketadi. Arteriolalar kengayganda esa, aksincha arteriyalardagi bosim pasayadi.Periferik qarshilik miqdoriga, demak, arterial bosim darajasiga Qonning yopishkokligi xam ta`sir etadi: Qon kancha yopishkok bo’lsa, arteriolalardagi qarshilik va arteriyalardagi bosim ushancha kup ko’tariladi.Arteriyalardagi Qon bosimi doim bir xilda turmay, bir kadar o’rtacha miqdordan yukoriga kutarilib va pastga tushib turadi. Qon bosimining egri chizigida bu uzgarishlar uch xil tulkin shaklida bo’ladi.



Download 53.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling