Ma’ruza №7 qattiq jismlarning deformatsiyalanishi
Moddalarning elastikligi, plastikligi, qattiqligi va mo’rtligi
Download 374.88 Kb.
|
Ma’ruza №7 qattiq jismlarning deformatsiyalanishi-fayllar.org
Moddalarning elastikligi, plastikligi, qattiqligi va mo’rtligi.
Qattiq jismlar izotrop va anizotrop bo’lib ikkiga bo’linadi. Izotrop jismlarning xossalari barcha yo’nalishlar bo’yicha bir xil bo’ladi. Anizotrop jismlarniki bo’lsa har xil yo’nalishlar bo’yicha xossalari har xil. Anizatroplarga misol tariqasida kristallni olsak bo’ladi. Shuning bilan birga ayrim jismlar xossalariga qarab izotrop, boshqalari bo’lsa anizatrop bo’lishi mumkin. Jismning deformatsiyasi jismga ta’sir qiladigan kuchga va moddaning turiga bog’liq. Moddalarning xossalariga va deformatsiyaning xarakteriga bog’liq holda elastik va plastik materiallarga bo’linadi. Tashqi kuch to’xtagandan keyin deformatsiya to’liq yo’qolib jism dastlabki shakliga kelsa bunday moddalarni absolyut elastik deb ataymiz. Agar tashqi ta’sir to’xtagandan keyin ham deformatsiya saqlanib jism o’zining dastlabki shakliga qaytmasa bunday moddalarni plastik deb ataymiz. Masalan, po’lat va rezina elastik, plastilin va qo’rg’oshin bo’lsa plastic moddalardir. Shartli turda jismlarni elastik va plastikka ajratamiz, chunki ko’p hollarda bir vaqtning o’zida jism ham elastic ham plastic bo’lishi mumkin. Qo’rg’oshindan yasalgan spiral kichik deformatsiyalarda elastic xususiyati, lekin katta deformatsiyalarda plastic xususiyati yuz beradi. Mashinaning ehtiyot qismlarini tayorlash uchun materiallarni yig’ganimizda materiallarnig mo’rtlik va qattiqlik xossalarini ham hisobga olishimizga to’g’ri keladi. Ma’lum bo’lishicha jismga ta’sir qilayotgan kuch asta-sekin ortishida dastlab elastic deformatsiya, keyin (kuchning etarlicha katta qiymatlarida) plastic deformatsiya vujudga kelar ekan. Lekin bazibir materiallar plastic deformatsiya sodir bo’lgunicha ishdan chiqar ekan. Materiallarning bunday xossasi mo’rtlik deb ataladi. Masalan, oq cho’yan va oyna mo’rt materiallardir. Materialning qattiqligi shartli tushunchadir, chunki qattiqligini aniqlashga va uni o’lchash metodlariga yolg’iz yondashish yo’q. Jism qattiqligini boshqa jismga nisbatan baholash mumkin. Bitta jism boshqa jism yuzida tirnalgan dog’ qoldirsa o’sha jismni qattiqroq deb hisoblaymiz. Masalan, olmos oynaga nisbatan qattiqroqdir. Ta’riflangan moddalarni xossalari tashqi sharoitlarga bog’liq. Harorat va bosim o’zgarganda ular sezilarli ravishda o’zgarishi mumkin. Masalan, -100 0 C da qo’rg’oshin elastiklik xususiyatiga, po’lat bo’lsa juda katta bosimlarda plastic xususiyatiga ega bo’ladi. Download 374.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling