So’nuvchan mexanik tebranishlar.
Vaqt o’tishi bilan tebranish tizimining energiyasi asta-sekin yo’qotilishiga bog’liq tebranishlar –
so’nuvchi tebranishlar deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda, energiya zahirasi muhitning qarshiligi,
ishqalanish kuchlarini yengishga sarf bo’ladi va tebranish so’na boshlaydi, tebranish amplitudasi asta-
sekin kamaya boradi. Bu xollarda erkin so’nuvchi tebranma harakatlar kuzatiladi.
Mexanik tebranma harakatlarda ishqalanish hisobiga mexanik energiya issiqlik energiyasiga
o’tib, kamaya boradi.
Elektromagnit energiya elektromagnit tebranish tizimi qarshiliklarida issiqlik ajralishiga sarf
bo’lishi hisobiga kamaya boradi.
Oddiy chiziqli tizimlarni, ya’ni prujinali mayatnik yoki induktivlik, sig’im va qarshilikdan
iborat bo’lgan tebranish konturini ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |