Ma’ruza № 7
QATTIQ JISMLARNING DEFORMATSIYALANISHI
Reja:
1.
Qattiq jismlarning elastik deformatsiyalanish turlari.
2.
Cho’zilish, siljjish, buralish va egilish deformatsiyalari. Guk qonuni.
3.
Moddalarning cho’zilish diagrammasi.
4.
Moddalarning elastikligi, plastikligi, qattiqligi va mo’rtligi.
5.
Elastik deformatsiyalangandagi energiya.
Qattiq jismlarning elastik deformatsiyalanish turlari.
Tashqi kuch ta’sirida jismning shakli va o’lchamlarining o’zgarishi deformatsiya deb ataladi.
Deformatsiya elastik va plastik bo’lib bo’linadi. Jismning cho’zilish, siljjish, buralish va egilish
deformatsiyalari mavjud.
Jismga kuch ta’sirida qanday deformatsiya turlari vujudga kelishini aniqlaylik. Kuch ta’sirida
jism deformatsiyalanadi, ya’ni uning o’lchamlari va shakli o’zgaradi. Agarda deformatsiyani vujudga
keltirgan kuch to’xtatilgandan keyin jism avvalgi holatini, ya’ni o’lchamlarin va shaklini saqlasa,
jismning bunday deformatsiyasi elastik degormatsiya deb ataladi. Asosiy elastik deformatsiyalarni
kuzatish bilan cheklanaylik.
Agarda deformatsiyani vujudga keltiradigan kuch har bir jism uchun aniqlangan
deformatsiyalanish chegarasidan katta yoki ortiq bo’lmasa ushbu holatda elastic deformatsiya yuz
beradi. Ushbu deformatsiyalanish chegarasining ortishida jismga ta’sir qilayotgan kuch to’xtatilgandan
keyin ham jismda saqlanib qoluvchi qoldiq yoki plastik deformatsiya bo’ladi.
Qattiq jismning barcha yuz berishi mumkin bo’lgan elastik deformatsiyalarining turlari ikkita
asosiy cho’zilish (yoki siqilish) va siljish deformatsiyalariga olib kelinishi mumkin.