Ma’ruza №7 qattiq jismlarning deformatsiyalanishi


Moddalarning elastikligi, plastikligi, qattiqligi va mo’rtligi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/55
Sana05.01.2022
Hajmi1.22 Mb.
#208807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Fizika I Sem. 6-12

Moddalarning elastikligi, plastikligi, qattiqligi va mo’rtligi. 

 

Qattiq jismlar izotrop va anizotrop bo’lib ikkiga bo’linadi.  Izotrop jismlarning xossalari barcha 



yo’nalishlar  bo’yicha  bir  xil  bo’ladi.  Anizotrop  jismlarniki  bo’lsa  har  xil  yo’nalishlar  bo’yicha 

xossalari  har  xil.  Anizatroplarga  misol  tariqasida  kristallni  olsak  bo’ladi.  Shuning  bilan  birga  ayrim 

jismlar xossalariga qarab izotrop, boshqalari bo’lsa anizatrop bo’lishi mumkin. 

Jismning  deformatsiyasi  jismga  ta’sir  qiladigan  kuchga  va  moddaning  turiga  bog’liq. 

Moddalarning  xossalariga  va  deformatsiyaning  xarakteriga  bog’liq  holda  elastik  va  plastik 

materiallarga  bo’linadi.  Tashqi  kuch  to’xtagandan  keyin  deformatsiya  to’liq  yo’qolib  jism  dastlabki 

shakliga kelsa bunday moddalarni absolyut elastik deb ataymiz. Agar tashqi ta’sir to’xtagandan keyin 

ham deformatsiya saqlanib jism o’zining dastlabki shakliga qaytmasa bunday moddalarni plastik deb 

ataymiz. Masalan, po’lat va rezina elastik, plastilin va qo’rg’oshin bo’lsa plastic moddalardir. Shartli 

turda jismlarni elastik va plastikka ajratamiz, chunki ko’p hollarda bir vaqtning o’zida jism ham elastic 

ham  plastic  bo’lishi  mumkin.  Qo’rg’oshindan  yasalgan  spiral  kichik  deformatsiyalarda  elastic 

xususiyati, lekin katta deformatsiyalarda plastic xususiyati yuz beradi. Mashinaning ehtiyot qismlarini 

tayorlash  uchun  materiallarni  yig’ganimizda  materiallarnig  mo’rtlik  va  qattiqlik  xossalarini  ham 

hisobga  olishimizga  to’g’ri  keladi.  Ma’lum  bo’lishicha  jismga  ta’sir  qilayotgan  kuch  asta-sekin 

ortishida  dastlab  elastic  deformatsiya,  keyin  (kuchning  etarlicha  katta  qiymatlarida)  plastic 

deformatsiya  vujudga  kelar  ekan.  Lekin  bazibir  materiallar  plastic  deformatsiya  sodir  bo’lgunicha 

ishdan chiqar ekan. Materiallarning bunday xossasi mo’rtlik deb ataladi. Masalan, oq cho’yan va oyna 

mo’rt materiallardir. 

Materialning  qattiqligi  shartli  tushunchadir,  chunki  qattiqligini  aniqlashga  va  uni  o’lchash 

metodlariga yolg’iz yondashish yo’q. Jism qattiqligini boshqa jismga nisbatan baholash mumkin. Bitta 

jism  boshqa  jism  yuzida  tirnalgan  dog’  qoldirsa  o’sha  jismni  qattiqroq  deb  hisoblaymiz.  Masalan, 

olmos oynaga nisbatan qattiqroqdir. 

Ta’riflangan moddalarni xossalari tashqi sharoitlarga bog’liq. Harorat va bosim o’zgarganda ular 

sezilarli ravishda o’zgarishi mumkin. Masalan,  -100 

0

C da qo’rg’oshin elastiklik xususiyatiga, po’lat 



bo’lsa juda katta bosimlarda plastic xususiyatiga ega bo’ladi. 

 


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling