Ma’ruza №7 qattiq jismlarning deformatsiyalanishi
Suyuqlik va gazlarda bosim
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika I Sem. 6-12
Suyuqlik va gazlarda bosim.
Gazlarning molekulalari orasidagi o`zaro ta’sir kuchlari juda ham kichik ya’ni ular bir-birlari bilan qariyib bog’lanmagan. shuning uchun ham ular doimo betartib harakat holatida va har tomonga uchib, ajratilgan hajmni to`la egallaydi. Gazning hajmi u egallagan idishning hajmi bilan mos keladi. Gazlardan farqli ravishda suyuqliklarning molekulalari bir-birlari bilan ancha mustahkam bog’langan va ular orasidagi masofa qariyib o`zgarmaydi. shuning uchun ham suyuqlik siqilmaydi. shu bilan birga suyuqlik molekulalari juda yaxshi o`rin almashish hususiyatiga ega. shu sababli suyuqlik o`zi solingan idish shaklini egallaydi va oquvchanlik xususiyatiga ega. Mexanikada katta aniqlik bilan suyuqliklar va gazlar yaxlit deb qarashtiriladi. Suyuqliklarning zichligi bosimga qariyib bog’liq emas. Gazlarning zichligi esa bosimga keskin bog’liq bo`ladi.Ko`pincha suyuqliklar va gazlarning siqilishini e’tiborga olmaslik siqilmas suyuqlik modulidan foydalanish mumkin. Endi tinch turgan suyuqlikka yupqa plastinkalarni kiritaylik. Plastinkaning turli tomonlarida bo`lgan suyuqliklar uning har bir yuza elementiga, kattaliklari teng va ga tik yo`nalgan kuch`lar bilan ta’sir qiladi. (1-rasm) Birlik yuzaga suyuqlik tomonidan ta’sir etuvchi normal kuch bilan aniqlanuvchi fizik kattalikka suyuqlikning bosimi deyiladi.
Bosimning SI dagi birligi – paskal (Pa). SI da bosim birligi sifatida 1m 2 yuzaga normal yo`nalgan 1N kuchning hosil qiladigan bosimi qabul qilingan. Berk idishdagi bosimni o`lchash uchun ishlatiladigan asboblarga manometrlar , atmosfera bosimini o`lchash uchun ishlatiladigan asboblarga esa
deyiladi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling